Aleksandr Gridyushko

Belarus futbolchisi (1961-1998)

Aleksandr Stanislavovich Gridyushko (ruscha: Александр Станиславович Гридюшко; 1961-yil 28-yanvar, Vitebsk, Belorussiya SSR, SSSR — 1998-yil 13-noyabr, Rechitsa, Belarus) — sovet va belarus futbolchisi, hujumchi.

Futbol
Aleksandr Gridyushko
Toʻliq ism Aleksandr Stanislavovich Gridyushko
Tugʻilgan vaqti 28-yanvar 1961

Vitebsk, Belorussiya SSR, SSSR

Vafoti 13-noyabr 1998 (37 yosh)

Rechitsa, Belarus

Fuqaroligi Flag SSSR SSSR

Belarus

Boʻyi 186 sm
Ogʻirligi 84 kg
Pozitsiyasi Yarim himoyachi, Hujumchi
Klub faoliyati
1979—1981 Flag SSSR Dvina 57 (8)
1982 Flag SSSR Zenit 3 (0)
1982 Flag SSSR Gomselmash 23 (2)
1983—1986 Flag SSSR Vityaz 111 (22)
1987 Flag SSSR Paxtakor 17 (0)
1987—1988 Flag SSSR Kolxetti-1913 9 (3)
1989 Flag SSSR Navbahor 38 (10)
1990—1992 Flag SSSR KIM 68 (28)
1992 KIM-2 10 (4)
1993 PK-37 9 (1)
1993 RoPS 14 (3)
1994—1995 Zarya mals 36 (9)
1995 Flag Rossii Nosta 15 (0)
1996 Flag Rossii Industriya 6 (0)
1997—1998 Lida 27 (5)
1998 Vedrich-97 11 (2)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Aleksandr Belarusning Vitebsk shahrida tugʻilgan. Vitebsk „Qizil bayroq“ yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchis va uning birinchi murabbiyi Alim Matviyovich Xirshin boʻlgan. U oʻz faoliyatini 1979-yilda mahalliy „Dvina“ jamoasida boshlagan va klubi bilan deyarli uch mavsum toʻp surgan. 1981-yil oxirida Sobiq Ittifoqning eng kuchli jamolaridan biri Moskvaning „Spartak“ jamoasi safiga oʻtdi. Jamoada kuchgli raqobat tufayli oʻrinbosarlar jamoasi safida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. U keyingi mavsumni Leningradning „Zenit“ jamoasida boshladi. Birinchi davrada „Spartak-M“ga qarshi birinchi bo‘limni o‘tkazdi[1]. Ikkinchi davrada Moskva „Dinamo“siga qarshi o‘yinda ham tanaffusdan so‘ng almashtirildi[2]. Zenit jamoasi safida ham asosiy tarkibdagi kuchli raqobat tufayli u „Gomselmash“ jamoasiga mavsumning ikkinchi yarmini oʻtdi. Keyingi mavsumda yana „Zenit“da ish boshladi. Birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Dvinaga qaytdi va 1985-yilda Vityaz jamoasida toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Gridyushko 1987-yilgi mavsumning birinchi yarmini SSSR birinchi ligasidagi Oʻzbekiston klubi, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻtkazdi. Paxtakor jamoasi safida uzoq toʻp surmadi. Mavsumning ikkinchi yarmida „Kolxeti“ jamoasi safiga oʻtdi. 1987—1988-yillarda 9 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1988-yilda KIM nomli birinchi jamoasi safiga oʻtdi.

1989-yilni Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻtkazdi. Lochinlar safida ancha sermahsul oʻyin nomyish etdi va3 8 oʻyinda 10 ta gol muallifiga aylandi. 1990-yilda yana KIMga qaytdi — ikki yil ichida 68 oʻyin oʻtkazdi, 27 gol urdi, 1992-yilgi mavsumni ikkinchi jamoada oʻtkazdi. 1993-yilda Gridyushko Finlandiyada „Pallo-Kero 37“ va RoPS Rovaniemi klublarida oʻynadi. 1994—1995-yillarda Ukrainaning „Zarya-MALS“ klubi tarkibida 36 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi. U yerda oʻzining reaksiyasi, bosh bilan zarbasi, ajoyib oʻyinlari bilan yodda qoldi[3]. Keyingi ikki mavsumda Rossiyaning ikkinchi ligasida Novotroitskning „Nosta“ va Borovskning „Industriya“ klublarida oʻynadi. 1997-yilda Belarusga qaytib keldi. „Lida“da 1,5 mavsumni, qolganini „Vedrich-97“da oʻtkazdi[4]. 1998-yil 13-noyabrda vafot etdi.

Yutuqlar tahrir

  • Belarus chempionatining birinchi ligasi gʻolibi (1) : 1998-yil
  • Belarus chempionati birinchi ligasining bronza medali sovrindori (1) : 1997-yil
  • SSSR chempionati ikkinchi ligasining 7-zonasi kumush medali sovrindori (1) : 1989-yil
  • SSSR chempionati ikkinchi ligasining 9-zonasi bronza medali sovrindori (1) : 1987-yil
  • SSSR chempionati ikkinchi quyi ligasining 6-zonasi kumush medali sovrindori (1) : 1990-yil

Manbalar tahrir

  1. „Зенит (Ленинград) — Спартак (Москва) 0:0“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
  2. „Зенит (Ленинград) — Динамо (Москва) 2:0 (0:0)“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
  3. „Гридюшко Александр Станиславович“. 2015-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
  4. „Легіонерська доля. Зоря (Луганськ)“. Офіційний сайт ФК «Зоря» (Луганськ). 4 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 вересня 2015.

Havolalar tahrir