Aleksandr I (12-dekabr 1777-yil, Peterburg – 19-noyabr 1825-yil, Taganrog) – Rossiya imperatori (1801-1825). Otasi impera-tor Pavel I saroydagi fitna oqibatida oʻldirilgach (1801), taxtga oʻtiradi. Aleksandr I Vena kongressi va „Muqaddas ittifoq“ (1815) ning tashkilotchilaridan biri. U ichki siyosatda moʻtadil liberal islohotlarni amalga oshirgan ministrliklar va ministrlar kabineti taʼsis etgan (1802), Peterburgda pedagogika instituti ochtirgan (1804) va boshqa) boʻlsada, shu bilan birga harbiy qishloqlar tashkil etadi, dehqon va soldatlar qoʻzgʻolonini shafqatsizlik bilan bostiradi. 1810-yillar oʻrtasidan tarixga arakcheevchilik nomi bilan kirgan oʻta reaksion ichki siyosat yurita boshlagan. Aleksandr I davrida Gruziya (1801), Finlandiya (1809), Bessarabiya (1812), Ozarbayjon (1813) yerlari. Sobiq Varshava gersogligi (1815) Rossiya tomonidan bosib olinadi.

Dawe Aleksandr I

Toj Konstantinga, keyin esa Nikolay I ga topshiriladi.

Adabiyotlar

tahrir