Aleksandr III esdaligi (Fabergé tuxumi)
Aleksandr III esdaligi tuxumi 1909-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostida Rossiya imperatori Nikolay II uchun tayyorlangan Pasxa (Masihning tirilishini nishonlash kuni) tuxumlaridan biri hisoblanadi. Aleksandr III esdaligi tuxumini Rossiya imperatori Nikolay II onasi qirolicha Maria Feodorovnaga sovgʻa qilgan.
Aleksandr III esdaligi Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1909 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Maria Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | tuxum yo'qolgan |
Sotib olish yili | - |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | - |
Foydalanilgan materiallar | Zargarlik buyumlari, javohirlar, emal,oltin |
Boʻyi | 95 mm |
Eni | - |
Oʻziga xos xususiyati | Aleksandr III ning oltin byusti |
Aleksandr III esdaligi tuxumi oʻn besh yil oldin vafot etgan Rossiya imperatori Aleksandr III ning xotirasi uchun maxsus tayyorlangan .Aleksandr III esdaligi tuxumi Aleksandr III portretlari va Aleksandr III otliq tuxumlari bilan birga Aleksandr III ni xotirlash uchun yaratilgan uchta tuxumdan biri hisoblanadi. Aleksandr III esdaligi tuxumining oʻziga xos xususiyati Aleksandr III ning miniatyurali oltin byusti edi[1]. Aleksandr III esdaligi tuxumi hozirda yoʻqolgan oltita Imperial Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Aleksandr III esdaligi tuxumi fotosurati mavjud boʻlgan uchta yoʻqolgan tuxumdan biri hisoblanadi. Qolgan ikkitasi 1889-yilgi Nécessaire va 1903-yildagi Daniya qirolligi tuxumlaridir[2]. Aleksandr III esdaligi tuxumi yoʻqolganligi sababli u haqida hech qanday maʼlumotlar hozirgacha topilmagan. Eski hujjat maʼlumotlarida Aleksandr III esdaligi tuxumining boʻyi 95mm ekanligi va u javohirlar, emal, oltin va turli qimmatbaho zargarlik buyumlari bilan jihozlanganligi keltirilgan. Aleksandr III esdaligi tuxumi Peter Carl Fabergé nazorati ostidagi ustaxonada tayyorlangan. Lekin ustaxonadagi qaysi usta tomonidan tayyorlanganligi ham nomaʼlum hisoblanadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2016-yil 2-aprel). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
- ↑ Krivoshey, Dmitry; Skurlov, Valentin; Nicholson, Nicholas B.A. (2017) (PDF). Fabergé: The Imperial "Empire" Egg of 1902. New York: Academia.edu. https://www.academia.edu/38098288. Qaraldi: 2019-11-23.Aleksandr III esdaligi (Fabergé tuxumi)]]
Adabiyotlar
tahrir- Faber, Toby. Faberge's Eggs: The Extraordinary Story of the Masterpieces That Outlived an Empire. Random House, 2008. ISBN 978-1-4000-6550-9.
- Forbes, Christopher. FABERGE; The Imperial Eggs. Prestel, 1990.
- Lowes, Will. Fabergé Eggs: A Retrospective Encyclopedia. Scarecrow Press, 2001. ISBN 0-8108-3946-6.
- Snowman, A Kenneth. Carl Faberge: Goldsmith to the Imperial Court of Russia. Gramercy, 1988. ISBN 0-517-40502-4.