Aleksandr Mejia Sabalza (ispancha: Alexander Mejía Sabalsa; 1988-yil 11-iyul, Barranquilla) — kolumbiyalik professional futbolchi, Atletiko Nasional klubida yarim himoyachi sifatida to‘p suradi. Kolumbiya terma jamoasida ham o‘ynagan.

Aleksandr Mejia
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Mejia Sabalza
Tavallud sanasi 11-iyul 1988-yil (1988-07-11) (35 yosh)
Tavallud joyi Kordova, Argentina
Boʻyi 178
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atletiko Nasional
Raqami 13

Klubdagi faoliyati tahrir

Mejia dastlab “Deportes Quindio” klubi futbol akademiyasida tajribali futbol murabbiylaridan ta‘lim oladi. 2005-yil Mustang kubogi doirasida o‘tkazilgan bahsda jamoa safida debyut qiladi. 2008-yil 26-aprelda Independiente Medellinga qarshi o‘yinda Mejia klubi Quindio uchun o‘zining birinchi golini uradi[1]. 2011-yilda Mejia One Caldas klubiga ijara asosida o‘tadi. 6-fevral kuni Mejia Chikoga qarshi o‘yinda yangi jamoasi safida debyut qiladi[2].

2012-yilda Aleksandr “Atletiko Nasional”ga o‘tadi. 11-fevral kuni Boyaca Chikoga qarshi uchrashuvda u yangi jamoasi safida debyut qiladi[3]. Birinchi mavsumidayoq Mejía klubga Kolumbiya kubogini yutishda yordam beradi va 2013-yilda Apertura va Klausura chempioni bo‘ladi.

2015-yil boshida Aleksandr Meksikaning Monterreyi klubiga transfer qilinadi. 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Leones Negrosga qarshi o‘yinda u Meksika Primerasida debyut qiladi[4]. O‘sha yilning yozida Mejia “Atletiko Nasional”ga ijara asosida qaytadi. 2016-yilda u Atletiko Nasional bilan Libertadores kubogini qo‘lga kiritadi. O‘sha yilning yozida Mejia Leon safiga kelib qo‘shiladi. 7-avgust kuni o‘zining sobiq jamoasi Monterreyga qarshi o‘yinda u Leon safida debyut qiladi[5]. 29-sentyabr kuni Meksika kubogi doirasida Toluka bilan kechgan o‘yinda Aleksandr Leon uchun o‘zining dastlabki golini uradi[6].

Milliy terma jamoadagi faoliyati tahrir

2012-yilning 4-aprelida Peruga qarshi JCh-2014 saralash bahsida Mejia Kolumbiya milliy futbol terma jamoasi safida o‘zining dastlabki o‘yinini o‘tkazadi[7].

Erishgan yutuqlari tahrir

  • Kolumbiya chempioni (4): Apertura 2013, Finalisacion 2013, Apertura 2014, Clausura 2015
  • Kolumbiya kubogi sohibi (2): 2012, 2013
  • Libertadores kubogi g‘olibi (1): 2016
  • Copa Sudamericana finalchisi (1): 2014

Manbalar tahrir

  1. „Депортес Киндио VS. Индепендьенте Медельин 1:0“ (ru). soccerway.com (2008-yil 26-aprel). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-fevral.
  2. „Бояка Чико VS. Онсе Кальдас 1:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 6-fevral). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-fevral.
  3. „Атлетико Насьональ VS. Бояка Чико 4:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 11-fevral). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-fevral.
  4. „Леонес Негрос VS. Монтеррей 1:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 12-yanvar). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
  5. „Леон VS. Монтеррей 0:3“ (ru). soccerway.com (2016-yil 7-avgust). 2016-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-sentyabr.
  6. „Толука VS. Леон 4:3“ (ru). soccerway.com (2016-yil 27-sentyabr). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.
  7. „Перу VS. Колумбия 0:1“ (ru). soccerway.com (2012-yil 4-aprel). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-fevral.