Aleksandr Orinko
Aleksandr Nikolaevich Orinko (1958-yil 16-dekabr, Xarkov, Ukraina SSR – 2021-yil 16-dekabr, Klaypeda) – sovet futbolchisi, darvozabon sifatida faoliyat olib borgan. Futbolchilikdan rus provaslav cherkovida ruhoniylik qilgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Nikolayevich Orinko | ||
Tavallud sanasi | 16-dekabr 1958-yil | ||
Tavallud joyi | Xarkov, Ukraina SSR, SSSR | ||
Vafot sanasi |
16-dekabr 2021-yil (63 yoshda) | ||
Vafot joyi | Klaypeda, Litva | ||
Boʻyi | 192 cm (6 ft 3 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Vazni | 100 kg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1979—1981 | Jezkazganets | 4 | (0) |
1981 | Selnik (Toʻrtkoʻl) | ? | (?) |
1982 | Metallist | 0 | (0) |
1984 | Salyut (Belgorod) | 2 | (?) |
1986 | Atlantas | 2 | (0) |
1988 | Voljanin | 11 | (0) |
1989 | Baltika | 7 | (0) |
1991 | Granitas | ? | (?) |
1992 | Drujba (Y-O) | 7 | (?) |
1992 | Veres | 1 | (0) |
1994—1995 | Banga | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirXarkov futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, Birinchi murabbiy V. Vasilyov. Aleksandr futbolchilik faoliyatini 1975-yilda havaskorlar futbol jamoalarida boshlagan. 1979-yilda Orinko SSSR ikkinchi ligasida ishtirok etgan Qozogʻiston SSRning „Jezkazganets“ klubi tarkibiga oʻtgan va u yerda bir necha mavsum oʻtkazgan. 1981-yilgi mavsum SSSR ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi boshqa bir jamoa, Oʻzbekiston SSRning „Selnik“ (Toʻrtkoʻl) klubi tarkibiga oʻtgan. 1982-yilda Toʻrtkoʻl jamoiasini tark etib, Ukrainaga qaytgan va „Metallist“ jamoasi tarkibida koʻrinish bergan.
1984-yilda Belgorodning „Salyut“ jamoasida oʻynagan. 1986-yilda Sovet Ittifoqi Birinchi ligasi debyutanti Litvaning „Atlantas“ klubida 2 ta oʻyin oʻtkazgan. 1988 va 1989-yillarda Voljanin va Baltika jamoalarida oʻynagan. 1991-yilda Aleksandr „Granitas“ jamoasida Litva Premyer-ligasida oʻynagan[1].
Orinko 1992-yilda mavsumni Rossiyaning birinchi ligasi „Drujba“ (Yoshkar-Ola) jamoasida boshlangan boʻlsa, 1992/1993-yilgi mavsumni qolgan qismida Ukrainaning „Veres“ jamoasida 1 ta oʻyin oʻtkazgan. Aleksandr Keyinchalik Litvaga qaytib kelgan va 1994/95-yilgi mavsumda oliy liganing „Banga“ (Gargzday) klubida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. 1995-yil mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan.
Futboldan keyingi faoliyati
tahrirFaoliyatini tugatgandan soʻng Aleksandr ruhoniy boʻldi. Pravoslav Sankt-Tixon gumanitar universitetini tamomlagan. Orinko Klaypedadagi „Rus zaminida porlagan barcha azizlar cherkovi“da ruhoniy boʻlib xizmat qilgan va kanonik presviter darajasiga ega edi.
Ruhoniylik faoliyati davomida futboldan uzilib qolmagan va Ikkita yoshlar mini-futbol jamoasini tashkil etishda koʻmaklashgan. Aleksandr ruhoniy boʻlgan davrida ham futbol oʻyinlarida ishtirok etgan.
2015-yilda „Klaipėda Rosai“ futbol jamoasi vakili sifatida Litva 3-ligasining Klaypeda mintaqaviy chempionatida gol urgan. Bu gol orqali Aleksandr Litvada rasmiy oʻyinda gol urgan eng keksa futbolchiga aylangan va Litvaning rekordlar kitobiga kirgan.
2018-yilda Aleksandr mini-futbol boʻyicha Litva chempionati jamoasiga taklif qilingan. Aleksandr Orinko bir necha bor Klaypeda shahar futboli fahriylari uchun oʻyinlar tashabbuskori boʻlgan.
Yoshlar markazlari bilan faol hamkorlik qilgan. U Klaypeda shahar kubogida ishtirok etish uchun yoshlar jamoasini yigʻgan va futbol jamoasida zaxira darvozaboni sifatida roʻyxatdan oʻtgan.
2021-yil 16-dekabrda vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Lithuania 1991“. 19 вересня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 квітня 2020.
Havolalar
tahrir- Aleksandr Orinko Footbookda statistika
- Aleksandr Orinko Vilna va Litva yeparxiyasi veb-saytidagi profil
- Aleksandr Orinko Footballfactsru saytida
- Aleksandr Orinko Footballdatabase saytida