Aleksandr Rudolfovich Soy (1984-yil 9-oktyabr, Paxtakor, Paxtakor tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) – rossiyalik aktyor, teatr va kino rejissyori, Rossiya teatr sanʼati instituti (GITIS) oʻqituvchisi.

Aleksandr Rudolfovich Soy
ruscha: Александр Рудольфович Цой
Tavalludi 9-oktyabr 1984-yil (1984-10-09) (40 yosh)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi aktyor, rejissyor, pedagog
Faoliyat yillari 2011-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Daniella Selitska (ajrashgan)
Katerina Bekker
Bolalari Mark Soy
Veb-sayt alexandertsoy.ru

Tarjimayi holi

tahrir

Aleksandr Soy 1984-yil 9-oktyabrda Paxtakor shahrida tugʻilgan[1][2]. 1997-yil yanvarda Soy oilasi Toshkentga koʻchib keladi. 2001-yilda Estrada va sirk kollejining notiqlik yoʻnalishiga oʻqishga kiradi. 2003-yilda mazkur kollejni tamomlagan. 2007-yilda Toshkent sanʼat instituti rejissyorlik fakultetiga oʻqishga kiradi. Bu vaqtga kelib, Soy allaqachon Oʻzbekiston yoshlar teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritayotgandi[2]. 2011-yilda GITISni tamomlaydi. 2016-yilda ssenariy mualliflari va rejissyorlar oliy kursini tamomlagan. 2017-yili GITISda rejissyorlik ixtisosligi boʻyicha magistr darajasini oladi. 2008-yilda Serpuxov shahrida Iosif Leonidovich Reyxelgauzning mahorat darslarida qatnashadi. Mahorat darslari oxirida Reyxelgauz Soyni GITISga taklif qiladi. 2009-yilda aktyor Moskvaga koʻchib oʻtadi va „Zamonaviy pyesa maktabi“da aktyor boʻlib ishlay boshlaydi[1][2]. 2017-yildan GITISda dars beradi. 2010-yilda Aleksandr Soyning kinodagi debyuti Dmitriy Brusnikinning „Qonun va tartib“ serialida boʻladi. Kinodagi eng mashhur roli esa „Kolovrat haqida afsona“ (ruscha: „Легенда о Коловрате“) filmidagi Botuxon roli boʻlgan, bu film uchun akytor moʻgʻul tilini oʻrganib, biron marta filmda ruscha gapirmagan. 2013-yilda chiqqan „Urinish“ (ruscha: „Попытка“) qisqa metrajli filmi uning ilk rejissyorlik filmi boʻlgan. Teatrdagi birinchi rejissyorlikning ishi Termin Vox guruhi bilan birgalikda 2008-yilda yaratilgan „Aks“ (ruscha: „Отражение“) spektakl-kontserti boʻlgan. 2017-yilda Soy „Eng yaxshi… birinchi shaxsdan“ (ruscha: „Лучшее… от первого лица“) qisqa metrajli filmini namoyish qildiradi[3]. Film koʻplab mukofotlar va tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Film, shuningdek, koʻplab kinofestivallarda, jumladan, Italiyada boʻlib oʻtadigan 68-Montekatini kinofestivali, Bridge of Arts 2017 qisqa motivatsion filmlar roʻyxatiga kiritilgan. 2018-yilda GITIS talabalari bilan birgalikda Soy „Freyd“ spektaklini taqdim etadi, spektakl muvaffaqiyatga erishganidan keyin „Zamonaviy pyesa maktabi“ teatri repertuaridan joy oladi. 2018-yil 31-mayda spektakl Kalkutta shahrida boʻlib oʻtgan „Bratyajonʼs 7th International Theatre Festival“da oʻzining birinchi xalqaro gran-prisini qoʻlga kiritadi[4].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2011−2015-yillarda Soy teatr va kino aktrisasi Daniella Selitska bilan birga hayot kechirgan. 2012-yil noyabr oyida ularning Mark ismli oʻgʻli tugʻilgan[1]. 2019-yil dekabr oyida Soy aktrisa Katerina Bekkerga uylangan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Александр Цой“ (rus tilida). 2021-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Aleksandr Tsoy“ (rus tilida). themoviedb.org. 2023-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-sentyabr.
  3. Лариса Зелеранская. „ЛУЧШЕЕ ОТ ПЕРВОГО ЛИЦА, молодой режиссер Александр Цой представил зрителям свой первый фильм“ (rus tilida) (2017-yil 31-may). 2018-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-sentyabr.
  4. „Поздравляем "Фрейда"!“ (rus tilida). 2018-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-sentyabr.
  5. „Томичка вышла замуж за актера, сыгравшего роль хана Батыя в «Легенде о Коловрате»“ (rus tilida) (2019-yil 8-dekabr). 2024-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-sentyabr.