Aleksandr Yarotskiy
Aleksandr Ivanovich Yarotskiy (1866-yil, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi – 1944-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet olimi, terapevt, tibbiyot fanlari doktori, professor. Ariteterapiya psixoterapevtik metodi muallifi[1].
Aleksandr Ivanovich Yarotskiy | |
---|---|
Tavalludi |
1866-yil |
Vafoti |
1944-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya → SSSR |
Biografiyasi
tahrirAleksandr Ivanovich Yarotskiy 1866-yil Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sankt-Peterburg shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1884-yil Larinskiy nomidagi gimnaziyani tamomladi[2]. 1885-yildan 1889-yilgacha Sankt-Peterburg harbiy tibbiyot akademiyasida tahsil oldi. 1890-yildan 1893-yilgacha Rossiya imperiyasining Novgorod va Tver viloyatlarida zemstvo shifokori boʻlib ishladi[3]. Aleksandr Yarotskiyning ilk ilmiy ishi „Shifokor“ ilmiy jurnalida chop etilgan. U Tver viloyati shifokorlarining 11-Kongressida „Zemstvo shifokorlarining vazifalari“ mavzusida taqdimot qilgan. Yarotskiy 1894-yil Sankt-Peterburgga qaytib, Obuxov nomidagi shifoxonada bir muddat shifokorlik qilgan.
Aleksandr Yarotskiy 1898-yil nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, tibbiyot fanlari doktori unvoniga erishgan. 1904-yil professor ilmiy darajasini olgan. U 1919-yildan 1924-yilgacha Qrim davlat universitetida terapiya fakulteti professori, 1924-yildan 1931-yilgacha Sechenov nomidagi tibbiyot universitetida professor hamda 1931-yildan 1944-yilgacha Moskva davlat tibbiyot universitetida professor boʻlib faoliyat yuritgan.
Aleksandr Yarotskiy 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. U 1944-yili Samarqand terapevtlar jamiyatida tibbiyotning dolzarb mavzusi haqida maʼruza qiladi.
Aleksandr Yarotskiy 1944-yil Samarqand shahrida vafot etgan.
Ilmiy faoliyati
tahrirProfessor Aleksandr Yarotskiyning ilmiy faoliyati, asosan ichki kasalliklarni oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan. U oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichakdagi yarani davolash uchun oʻz parhezi (Yarotskiy parhezi)ni taklif qilgan. Yarotskiy hayoti davomi 70 dan ortiq ilmiy maqolalar yozdi. Ilmiy maqolalari asosan „Klinik tibbiyot“ jurnalida chop etilardi.
Manbalar
tahrir- ↑ Litvinov A. V. A. I. Yarotskiy (1866—1944) i ego rol v stanovlenii i razvitii otechestvennoy terapevticheskoy shkoli // Matematicheskaya morfologiya: elektronniy matematicheskiy i mediko-biologicheskiy jurnal. – SGMU, 2001.
- ↑ Pyatidesyatiletie S.-Peterburgskoy Larinskoy gimnazii…
- ↑ „Professora Tavricheskogo universiteta. Yarotskiy Aleksandr Ivanovich“. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.