Aleksandra Shlyaxova
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2024-10) |
Aleksandra Nikolayevna Shlyaxova (1923-yil, Zaporoje, Ukraina SSR, SSSR – 1944-yil, Latviya SSR, SSSR) – Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, mergan ayol.
Biografiyasi
tahrirU 1923- yoki 1924-yilda Zaporojye shahrida tugʻilgan[1]. Urushgacha Zaporoje zavodida ishlagan. Urush boshlanishi va nemis qoʻshinlari hujumi tufayli onasi, singlisi va ukasi bilan birga Uralga koʻchirilgan[2].
Cheborkul tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil dekabr oyida ayollar snayper maktabini aʼlo baholarga tugatib, bitirish marosimida VLKSM Markaziy Qoʻmitasi nomidan qurol qoʻndogʻida monogrammasi boʻlgan maxsus snayper miltigʻi bilan taqdirlangan. 1943-yil avgust oyidan boshlab harakatdagi armiyada xizmat qilgan. 21-gvardiya oʻqchi diviziyasi tarkibida jang qilgan.
1943-yil 1-dekabrda mina parchasi bilan yaralangan. Shifoxonada davolanishdan soʻng oʻz qismiga qaytgan. 1943-yil 5-dekabrdagi diviziya buyrugʻi bilan 59-Gvardiya oʻqchi polkining 8-oʻqchi rotasi snayper gvardiya serjanti A. N. Shlyaxova Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. 1944-yil yanvar oyida 55 nafar dushman askar va zobitlarini yoʻq qilgani uchun „Jasorati uchun“ medali bilan taqdirlanishga tavsiya etilgan. Oʻsha yilning 31-yanvarida Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan. Starshina unvonigacha koʻtarilgan va snayperlar vzvodining komandiri boʻlgan.
1944-yil 7-oktabrda Latviya SSR hududida halok boʻlgan. Dobele shahrida dafn etilgan[3]. Vafotidan soʻng 1-darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Uning snayper miltigʻi Moskvadagi Qurolli Kuchlar Markaziy muzeyida saqlanmoqda.
Zaporoje shahrida maktablardan birining pioner otryadi uzoq yillar davomida Aleksandra Shlyaxova nomi bilan atalgan[2]
Adabiyotlar
tahrirV. A. Chuvilkin. „Devushki v shinelyax“. „Moskva ishchisi“ nashriyoti, 1982-yil[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Шляхова Александра Николаевна на pamyat-naroda.ru“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Шляхова Александра Николаевна“. 2018-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.
- ↑ „Слово свое сдержали“. 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.
- ↑ Chuvilkin Viktor Alekseevich – Devushki v shinelyax