Alain Fabien Maurice Marcel Delon (Alen Delon 1935-yil 11-avgustda tugʻilgan) — fransuz aktyori, prodyuseri va biznesmeni.

Alen Delon
Tavalludi
Alain Fabien Maurice Marcel Delon

8-noyabr 1935-yil (1935-11-08) (88 yosh)
Fuqaroligi Fransiya, Shveytsariya
Kasbi aktyor, rejissor, produser, biznesmen
Faoliyat yillari 1957-2012
Mukofotlari Sezar mukofoti (1985), Oltin ayiq (1995)

Dastlab unga shuhrat keltirgan film „Yarqiragan quyoshda“gi Tom Rishli roli boʻldi. „Rokko va uning aka-ukalari“, „Oyning tutilishi“, „Qoplon“, „Samuray“, „Qora lolalar“, „Trotskiyning oʻldirilishi“, „Mesye Klyayn“ kabi filmlardagi oʻz qahramonlari orqali munofiq insonlarning oʻziga xos psixologiyasini, moddiy va maʼnaviy konfliktlarni mohirona ochib berdi. Oʻzining kelishgan tashqi koʻrinishi, ijrosidagi plastiklik, joʻshqinlik sargu-zasht va detektiv filmlarda, shuningdek, oʻzi ekranlashtirgan „Politsiyachi terisi uchun“, „Boʻysunmas“ filmlarida yaqqol koʻzga tashlandi.Delonning oxirgi ijro etgan rollaridan biri „Asteriks va Obeliks:Olimpiada oʻyinlarida“ filmidagi Sezar obrazidir.

Manbaalar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir