Alev Alatli (turkcha: Alev Alatlı, tugʻ.1944-yil, Menemen,Izmir, Turkiya) — turk iqtisodchisi, faylasufi, sharhlovchisi va yozuvchisi[2].

Alev Alatli
Tavalludi 10-iyun 1944-yil
Vafoti 2-fevral 2024[1]
Ijod qilgan tillari Turk tili, Ingliz tili, Nemis tili va Yapon tili
Fuqaroligi Turkiya

Biografiya tahrir

Alev Alatli 1944-yilda Menemen shahrida ofitser oilasida tugʻilgan. U bolaligini Yaponiyada oʻtkazgan, chunki otasi oʻsha paytda Turkiya elchixonasida harbiy attashe boʻlib ishlagan[3]. Alev Yaponiyadagi Amerika maktabini tamomlagan, shundan soʻng Alevlar oilasi Turkiyaga qaytib kelishgan. U yerda boʻlajak yozuvchi 1963-yilda Yaqin Sharq texnika universitetini fan bakalavri darajasi bilan tamomlagan[3].

Universitetni tugatgach, Alev universitetda tanishgan kiprlik turk Alper Oʻrxon bilan tanishgan va unga turmushga chiqgan. Koʻp oʻtmay, Alev va uning turmush oʻrtogʻi AQShda oʻqishni davom ettirish uchun mos ravishda Fulbrayt va Ford jam[4]gʻarmasi stipendiyalarini olishdi. Natijada, Alev Vanderbilt universitetida sanʼat magistri darajasini oldi[3].

Soʻngra Alev falsafani oʻrgandi. Dartmut kollejida (Nyu-Xempshir, AQSh) tahsil olgan. Uning doktorlik dissertatsiyasi falsafa tarixi va din tarixini oʻrganishga bagʻishlangan edi[3].

1974-yilda esa Alev Alatli Turkiyaga qaytdi va Istanbul universitetida dars berdi, shuningdek, davlat rejalashtirish tashkilotida iqtisodchi boʻlib ishlagan[3].

Berklidagi Kaliforniya universitetida turk bolalari tillarni qanday oʻrganishini oʻrganish uchun psixolingvistik loyihada ham ishtirok etdi. „Cumhuriyat“ gazetasi bilan birgalikda „Bizim ingliz“ jurnalini yaratishda qatnashgan.

Alev Alatli ikki marta turmush qurgan, birinchi eri musulmon turk, ikkinchisi — pravoslav yunon edi.

Yozuvchilik martaba tahrir

1982-yildan beri Alev oʻzini butunlay kitob yozishga bagʻishladi. Alevning birinchi kitobi „Aydin despotizmi…“ (Ziyolilar despotizmi) falsafiy tadqiqotidir[5].

Uning keyingi kitobi 1985-yilda chiqdi. Bu „Yaseminlar Hali ham chekishadi?“ (Yaseminler Tüter mi Hala?) fantastik romani edi. Ushbu asar voqealari haqiqiy hayotdagi Kipr yunon ayolining hayotiga asoslangan edi[6].

Alevning keyingi ikki kitobi amerikalik adabiyotshunos olim Edvard Saidning „Islomning yoritilishi“ va „Falastin masalasi“ asarlarining tarjimalaridir. Bu kitoblarni tarjima qilgani uchun Yosir Arofat uni medal bilan taqdirlagan.

1987-yilda Alev „Qiynoqchi“(İşkenceci) deb nomlangan yana bir romanini nashr etdi. 1995-yilda esa Alevning yana bir „Taqdirga qarshi“ (Kadere Karşı Koy) romanini yaratdi.

1999-yilda Alev oʻzining birinchi sheʼriy toʻplamini nashr etdi „98-sentabr“ (Eylül 98)[7].

Bundan tashqari, u ikkita futuristik romanini nashr etdi: „dahshatli tush“ (Kabus, 1999) va Tush (Rüya, 2000), keyinchalik birgalikda Shredingerning mushuki nomi bilan nashr etilgan.

2002-yildan beri Alev Alatli „Zaman“ gazetasida rukn yozib keladi. 2003-yilda Alevning gazeta maqolalari toʻplami alohida kitob boʻlib, " Şimdi Değilse, Ne zaman? (Agar hozir boʻlmasa, qachon?) deb nomlangan. 2008-yilning fevral oyida gazeta bosh muharriri oʻzining salla oʻragan ayollar haqidagi maqolasini „oʻquvchilarimiz bunga tayyor emas“ deb eʼlon qilishga ruxsat bermadi[8].

Manbalar tahrir