Alexis Tsipras

Gretsiya siyosatchisi, Gretsiya Bosh vaziri (2015-2019)

Aleksis Tsipras (grekcha: Αλέξης Τσίπρας, 28-iyul 1974-yil, Afina) – yunon davlat va siyosat arbobi, Synaspizmos partiyasi raisi va radikal chaplar koalitsiyasining (SYRIZA) sobiq rahbari. 2015-yil 26-yanvardan 2015-yil 20-avgustgacha va 2015-yil 21-sentabrdan 2019-yil 8-iyulgacha – Yunoniston Bosh vaziri, 2015-yil 20-avgustdan 2015-yil 27-avgustgacha – Bosh vazir vazifasini bajaruvchi[1].

Alexis Tsipras
Gretsiya tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2018-yil 21-oktyabrdan – 2019-yil 15-fevralgacha
Prezident Prokopis Pavlopoulos
Oʻtmishdoshi Nikos Kotzias
Vorisi Georgios Katrougalos
Gretsiya Bosh vaziri
Mansab davri
2015-yil 21-sentyabrdan – 2019-yil 8-iyulgacha
Prezident Prokopis Pavlopoulos
Oʻtmishdoshi Vassiliki Thanou-Christophilou
Vorisi Kyriakos Mitsotakis
Mansab davri
2015-yil 26-yanvardan – 27-avgustgacha
Prezident Karolos Papoulias
Prokopis Pavlopoulos
Oʻtmishdoshi Antonis Samaras
Vorisi Vassiliki Thanou-Christophilou
Muxolifat yetakchisi
Mansab davri
2012-yil 20-iyundan – 2015-yil 26-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Antonis Samaras
Oʻtmishdoshi Antonis Samaras
Vorisi Antonis Samaras
Syriza raisi
Mansab davri
2019-yil 4-oktyabrdan – 2023-yil 24-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Alekos Alavanos
Vorisi Sokratis Famellos
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 28-iyul 1974-yil (1974-07-28) (49 yosh)
Afina, Gretsiya
Siyosiy partiyasi Syriza (2013–yildan)
Bolalari 2

Biografiyasi tahrir

Ambelokipidagi oʻrta maktabni tamomlagan. Afina Milliy Texnika Universitetida (Polytechnion) qurilish muhandisi mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgan va uni 2000-yilda tamomlagan. Aspiranturada shahar va hududiy rejalashtirish (shaharsozlik va yerdan foydalanish) mavzusida tahsil olgan, qurilish sohasida muhandis boʻlib ishlagan. Afinani obodonlashtirish boʻyicha bir qator maqolalar va loyihalar muallifi[2].

Maktabda jamoat hayotiga aralashib, 1980-yillarning oxirida Kommunistik partiyaning yoshlar tuzilmasi – Gretsiya Kommunistik yoshlar harakatiga qoʻshildi, uning eng yuqori choʻqqisi 1990-1991-yillarda boʻlgan. Taʼlim vaziri Vasilis Kondoyannopulos tomonidan taklif etilgan shov-shuvli qonunga qarshi talabalar norozilik namoyishlarida faol ishtirok etdi. Keyin Tsipras ilk bor namoyishchilar va talabalarning vakili sifatida televideniyega taklif qilindi[3].

Talabalik yillarida talabalar harakatining taniqli faoli, talabalar kasaba uyushmasi aʼzosi va Politexnika universiteti kengashi aʼzosi boʻldi. 1995-1997-yillarda Gretsiya Talabalar milliy ittifoqi Markaziy qoʻmitasiga saylangan.

Yoshlar Synaspizmos kotibi sifatida Gretsiya ijtimoiy forumiga tayyorgarlik jarayonida va neoliberal globallashuvga qarshi xalqaro noroziliklarda faol ishtirok etdi.

2013-yil dekabrida 2014-yilgi Yevropa parlamenti saylovlarida Yevropa soʻl partiyasi (Yevropa birlashgan chap/Nordik chap-yashil fraksiyasi) tomonidan Yevropa komissiyasi raisi lavozimiga taklif qilingan birinchi nomzod boʻldi. Tsiprasning nafaqat Gretsiyada, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya, Italiya, Sloveniya va boshqalar) olib borgan kampaniyasining asosi Yevropa Ittifoqining neoliberal kursini „tejamkorlik choralari“ bilan keskin tanqid qilish edi.

2014-yilning 15-mayida Yevropa Komissiyasi prezidentligiga nomzodlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan teledebat chogʻida barcha besh nomzodning eng koʻp tvitini oldi.

2015-yil 20-avgustda Yevropa moliyaviy barqarorlik jamgʻarmasi Gretsiyaga qarz inqirozini yengish uchun moʻljallangan jami 86 milliard yevrolik mablagʻlar paketining birinchi transhi sifatida 13 milliard yevro (14,6 milliard dollar) ajratishga qaror qildi.

Yordam berish shartlari hukmron SYRIZA koalitsiyasining boʻlinishiga olib keldi: Gretsiyaning yevrozonadan chiqishini talab qilib, uning chap fraksiyasining 30 dan ortiq aʼzosi kreditorlar shartlarini qabul qilishga qarshi ovoz berdi. Natijada Syriza parlamentdagi koʻpchilikni yoʻqotdi. Oʻsha kuni Tsipras navbatdan tashqari saylov oʻtkazishni talab qilib, isteʼfoga chiqdi[4]. Bir hafta davomida hukumat boshligʻi sifatida ishladi va 27-avgustda bu lavozimda (Gretsiya tarixida birinchi marta ayol) Vasiliki Tanou-Kristofilou ish boshladi[5].

2015-yil 20-sentyabrda Gretsiyada boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida SYRIZA partiyasi yana saylovlarda gʻalaba qozondi va ertasi kuni Tsipras yana qasamyod qildi[6].

Manbalar tahrir