Alfiyya (Ibn Malik)
Ibn Malik Alfiyasi (arabcha: ألفية ابن مالك) — 13-asrda Ibn Malik tomonidan yozilgan qofiyali arab tili grammatikasi kitobidir. Asarning toʻliq nomi Xulosa al-alfiyya. Tarixchi Ahmad al-Maqqariyning yozishicha, Al-Alfiyya Ibn Muti az-Zavaviyning Ad-Durra al-alfiya asariga taqlidan yozilgan[1]. 20-asrgacha arab jamiyatlarida boshlangʻich taʼlimning ikkita muhim asoslaridan biri boʻlgan ushbu asarga kamida 43 ta sharh yozilgan.
Muallif(lar) | Ibn Malik |
---|---|
Til | arabcha |
Janr(lar)i | Grammatika, Sheʼriyat |
Nashr etilgan sanasi | 13-asr |
Ajurrumiya bilan bir qatorda Alfiya ham Qurʼondan keyin diniy maktab oʻquvchilari yod olgan dastlabki kitoblardan biri boʻlgan.
Bu kitob hanuzgacha Hindiston janubidagi Kerala shtati anʼanaviy Darslarida (Masjiddagi Islom taʼlimi tizimi) hamda Indoneziyadagi anʼanaviy islom maktab-internatlarida oʻqitiladi[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ Fleisch, H. (1986). "Ibn Mālik". in Bearman, P.; Bianquis, Th.; Bosworth, C.E. et al.. The Encyclopedia of Islam. III (2nd nashri). E. J. Brill. p. 861. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/ibn-malik-COM_0336.
- ↑ BADRUTTAMAM, NIM : 11420110. KORELASI ANTARA PENGUASAAN NADZAM ALFIYAH IBNU MALIK TERHADAP KEMAMPUAN QIRAAH SANTRI KELAS II TSANAWIYAH MADRASAH HIDAYATUL MUBTADI’IEN LIRBOYO KEDIRI (ID). UIN Sunan Kalijaga.
- ↑ „Ribuan Santri Tampilkan Muhafadzoh Alfiyah dan Aqidatul Awam di SCNC 2022“ (id-id). NU Online Jatim. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.