Arturo Alfonso González González (1994-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX Monterrey klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Alfonso González
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arturo Alfonso González González
Tavallud sanasi 5-sentyabr 1994-yil (1994-09-05) (29 yosh)
Tavallud joyi Reynosa, Tamaulipas, Meksika
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Monterrey
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2012 Atlas
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2016 Atlas 88 (14)
2016- Monterrey 147 (18)
Milliy terma jamoa
2011 Mekiska U17 10 (1)
2013 Meksika U20 1 (1)
2014 Meksika U21 4 (0)
2014—2016 Meksika U23 13 (4)
2014- Meksika 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-avgust 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-dekabr 2021-yil uchun)

Turli yosh guruhlarida milliy terma jamoada ishtirok etgan Gonzalez 2011-yil U-17 Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri edi. U Meksika terma jamoasi bilan 2014-yilda Gondurasga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

Atlas tahrir

2011-2012 tahrir

Gonzalez Atlasdagi debyutini 2012-yil 18-fevralda Tigres UANLga qarshi oʻyinning 65-daqiqasida Alonso Zamora oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazgan. Shuningdek, u Klausura-2012 mavsumida Jaguaresga qarshi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2012-2013 tahrir

Gonzalez Apertura −2012dagi birinchi oʻyinini 65-daqiqada Tigres UANLga qarshi oʻtkazgan. U 53-daqiqada „San-Luis“ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan va ular 3:2 hisobida magʻlub boʻlishgan. U Guadalajaraga qarshi Klasiko Tapatio oʻyinining ikkinchi yarmida maydonga tushgan va ular 2:0 hisobida magʻlub boʻlishgan. U Pueblaga qarshi 90 daqiqa oʻynagan va 2:2 hisobidagi durrangda birinchi golini urgan. U soʻnggi oʻyinni Leonga qarshi oʻtkazgan va 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan.

2016-yil 1-iyulda uning Monterreyga koʻchib oʻtgan[1].

Monterrey tahrir

2016—2017-yillar tahrir

2017-yil 22-mart kuni u yangi HEB stadioninig ochilish marosimida Rio Grande Valley FC Torosga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gol urgan. Bu stadion tarixidagi ikkinchi gol boʻlgan.

2017—2018-yillar tahrir

Avgust oyida uning oʻng tizzasidagi xochsimon bogʻlamlari uzuilib ketganligi tufayli, mavsumni oʻtkazib yuborgan[2].

2019-2020 tahrir

Monterreyning 2019-20 Copa MXdagi gʻalabasi bilan ular qitʼa trebliga ega boʻlishgan[3].

Xalqaro faoliyat tahrir

Yoshlar terma jamoasi tahrir

Arturo 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan. Unga turnir uchun 10-raqamli libos berilgan va Gollandiyaga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida oʻzining birinchi va yagona golini urgan hamda Meksikaning 3:2 hisobidagi gʻalabasini taʼminlagan.

Kattalar terma jamoasi tahrir

Gonzalez kattalar terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2014-yil 1-oktabrda[4][5] 9-oktabrda Gonduras va 2014-yil 11-oktabrda Panamaga qarshi ikkita oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etish uchun olgan. U oʻyinning 76-daqiqasida Marko Fabian oʻrniga zahiradan maydonga tushib Gondurasga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Arturo 2011-yilgi U-17 terma jamoasidan terma jamoada debyut qilgan birinchi yosh futbolchiga aylangan. Keyinchalik 12 va 18-noyabr kunlari Gollandiya va Belarusga qarshi oʻyinlarda yana termaga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Atlas 2011-12 Meksika Primer Divizioni 2 0 2 0
2012-13 7 1 2 0 9 1
2013-14 Liga MX 20 4 7 0 27 4
2014-15 34 6 2 1 6 1 42 8
2015-16 25 3 6 1 31 4
Jami 88 14 17 2 6 1 111 17
Monterrey 2016-17 Liga MX 21 0 6 2 2 0 29 2
2017-18 34 6 11 2 1 0 46 8
2018-19 3 0 2 1 5 1
2019-20 11 0 7 0 1 1 19 1
2020-21 31 3 5 1 36 4
2021-22 38 5 2 0 40 5
2022-23 9 4 9 4
Jami 147 18 26 5 7 1 4 1 184 25
Karyerada jami 235 32 43 7 13 2 4 1 295 42

Xalqaro tahrir

Meksika
Yil Oʻyinlar Gollar
2014-yil 3 0
2021-yil 1 0
Jami 4 0

Yutuqlar tahrir

Monterrey

  • Liga MX : Apertura 2019
  • Copa MX : Apertura 2017, 2019-20
  • CONCACAF Chempionlar Ligasi : 2019, 2021

Meksika yoshlari

  • FIFA U-17 Jahon chempionati : 2011-yil
  • CONCACAF Olimpiya saralash chempionati : 2015-yil

Manbalar tahrir

  1. „Ponchito González se despidió de Atlas“. MedioTiempo (1-iyul 2016-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2018-yil.
  2. „Monterrey pierde a Alfonso González el resto de la temporada“ (ispancha). Publisport (10-avgust 2018-yil). 11-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-sentabr 2018-yil.
  3. „¡TRI-PLE-TE! | Rayados consiguió triplete y ahora va por el campeonato del Guard1anes 2020“ (ispancha). 90 Min (5-noyabr 2020-yil).
  4. „Convocatoria de la Selección Mexicana“. miseleccion.mx.
  5. „Arturo González, contento de estár en la selección y representar a su país“ (ispancha). futbol.univision.com. 11-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2018-yil.