Alfredo Morelos
Alfredo José Morelos Aviléz (talaffuzi: Alfredo Xose Morelos Aviles; 1996-yil 21-iyunda Kolumbiyada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „Rangers“ futbol klubi va Kolumbiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alfredo José Morelos Aviléz | ||
Tavallud sanasi | 21-iyun 1996-yil | ||
Tavallud joyi | Cereté, Kolumbiya | ||
Boʻyi | 1.77 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Rangers | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2011—2014 | Independiente Medellín | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014—2016 | Independiente Medellín | 12 | (1) |
2016 | → HJK (ijara) | 30 | (16) |
2016—2017 | HJK | 12 | (11) |
2017— | Rangers | 158 | (70) |
Milliy terma jamoa | |||
2013 | Kolumbiya U17 | 4 | (0) |
2015 | Kolumbiya U20 | 6 | (0) |
2018— | Kolumbiya | 11 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12-noyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirAlfredo Morelos professional faoliyatini „Independiente Medellín“ futbol klubida boshlagan[1]. 2014-yil 1-sentyabrda Mustang kubogida „Rionegro Águilas“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 6-sentyabr kuni „Zipaquira“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos jamoadagi ilk golini urd[2].
2016-yil boshida Alfredo Morelos oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Finlandiya „HJK“ jamoasiga ijaraga oʻtgan. 2-aprel kuni „Mariehamn“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Viekkaus ligasida debyut qilgan[3]. 8-aprel kuni „WPS“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos „HJK“ safida birinchi golini urgan[4]. Ijara tugagandan soʻng, u „Independiente Medellin“ futbol klubiga qaytgan.
2017-yilning yozida Alfredo Morelos Shotlandiyaning „Rangers“ jamoasiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan[5]. Transfer summasi 1,2 million yevroni tashkil qilgan. 29-iyun kuni Alfredo Morelos asosiy jamoadagi debyutini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida Lyuksemburgning „Progrès Niederkorn“ jamoasiga qarshi o‘tkazgan[6]. U Shotlandiya premyer ligasida debyutini 6-avgust kuni „Motherwell“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[7]. 12-avgust kuni „Hibernian“ futbol klubiga qarshi bahsda Alfredo Morelos „Rangers“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[8].
Xalqaro faoliyati
tahrir2013-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi bilan Alfredo Morelos Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan[9][10]. Turnirda u Ekvador, Venesuela, Paragvay va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12].
2015-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Nilsson Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan[13][14][15]. Turnirda Argentina, Urugvay, Braziliya, Chili, Venesuela va Paragvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan[16][17][18].
2018-yilning 8-sentyabr kuni Alfredo Morelos Kolumbiya terma jamoasi safida Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[19].
Statistika
tahrirJamoa | Temporada | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | ||
Independiente Medellín Kolumbiya | 2014 | 6 | 1 | 0 | 8 | 5 | 0 | — | 14 | 6 | 0 | ||
2015 | 6 | 0 | 0 | 5 | 0 | 0 | — | 11 | 0 | 0 | |||
Jami | 12 | 1 | 0 | 13 | 5 | 0 | — | 25 | 6 | 0 | |||
HJK Helsinki Finlandiya | 2016 | 30 | 16 | 5 | 7 | 10 | 3 | 6 | 4 | 0 | 43 | 30 | 8 |
2017 | 12 | 11 | 5 | 7 | 5 | 0 | — | 19 | 16 | 5 | |||
Jami | 42 | 27 | 10 | 14 | 15 | 3 | 6 | 4 | 0 | 62 | 46 | 13 | |
Rangers F. C. Shotlandiya | 2017—2018 | 35 | 14 | 7 | 6 | 4 | 1 | 2 | 0 | 0 | 43 | 18 | 8 |
2018—2019 | 30 | 18 | 8 | 5 | 8 | 0 | 13 | 4 | 3 | 48 | 30 | 11 | |
2019—2020 | 26 | 12 | 3 | 4 | 3 | 3 | 17 | 14 | 4 | 47 | 29 | 10 | |
2020—2021 | 29 | 12 | 9 | 2 | 0 | 0 | 13 | 5 | 8 | 44 | 17 | 17 | |
2021—2022 | 26 | 11 | 7 | 4 | 1 | 0 | 12 | 6 | 1 | 42 | 18 | 8 | |
2022—2023 | 10 | 3 | 1 | 1 | 0 | 0 | 6 | 0 | 0 | 17 | 3 | 1 | |
Jami | 156 | 70 | 35 | 22 | 16 | 4 | 63 | 29 | 16 | 241 | 115 | 54 | |
Umumiy faoliyatida | 210 | 98 | 45 | 49 | 36 | 7 | 69 | 33 | 16 | 328 | 167 | 68 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Индепендьенте Медельин VS. Рионегро Агилас 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 1-sentyabr). 2018-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Форталеса Сипакира VS. Индепендьенте Медельин 2:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 6-sentyabr). 2018-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „ХИК VS. Мариехамн 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 4-fevral). 2019-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „ХИК VS. ВПС 3:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 8-fevral). 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „«Рейнджерс» приобрели у ХИК нападающего Морелоса“ (ru). soccerway.com (2017-yil 19-iyun). 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-yanvar.
- ↑ „Рейнджерс VS. Прогресс Нидеркорн 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 29-iyun). 2018-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-yanvar.
- ↑ „Мотеруэлл VS. Рейнджерс 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 6-avgust). 2019-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-yanvar.
- ↑ „Рейнджерс VS. Хиберниан 2:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 12-avgust). 2018-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-yanvar.
- ↑ „Эквадор (до 17) VS. Колумбия (до 17) 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 6-aprel). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Колумбия (до 17) VS. Венесуэла (до 17) 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 9-aprel). 2017-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Аргентина (до 17) VS. Колумбия (до 17) 3:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 11-aprel). 2016-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Парагвай (до 17) VS. Колумбия (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 2-aprel). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Аргентина (до 21) VS. Колумбия (до 21) 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 29-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Колумбия (до 20) 1:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 16-yanvar). 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Колумбия (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 1:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 21-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Колумбия (до 21) VS. Бразилия (до 21) 0:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 7-fevral). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Парагвай (до 21) VS. Колумбия (до 21) 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 26-yanvar). 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Чили (до 20) VS. Колумбия (до 20) 0:3“ (ru). soccerway.com (2015-yil 19-yanvar). 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Венесуэла VS. Колумбия 1:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 8-sentyabr). 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.