Ali Banat 28-noyabr 1985-yilda Avstraliya markazi Sidneyda tavallud topgan. 2018-yil 30-mayda Sidneyda vafot etgan. Asli falastinlik boʻlgan avstraliyalik tadbirkor, keyinchalik gumanitar xayriyachi sifatida ommaga tanilgan[1]. „Ali Banat: Saraton-sovgʻasi boʻlgan odam“ hujjatli filmi Alining saraton kasalligini Allohning „hadyasi“ sifatida tasvirlashi bilan mashhur[2]. Ali Banatni butun dunyoda millionlab insonlar ayni shu sabab bilan tanishgan.

Ali Banat
Tavalludi 28.11.1985
Vafoti 30.05.2018
Sidney
Fuqaroligi  Avstraliya
Kasbi tadbirkor, xayriyachi

Biografiyasi

tahrir

2015-yil oktabr oyida saraton kasalligiga chalinganidan oldin, u xavfsizlik va energiya kompaniyasiga ega boʻlgan. Ali Banatga saraton tashxisi qoʻygandan soʻng u „Jahon musulmonlari“ (inglizcha: Muslims Around The World) xayriya tashkilotiga asos solgan[3].

Saraton

tahrir

Ali Banat oʻpka saratonining ogʻiz boʻshligʻidagi 4-bosqich shishi bilan kasallangan.

Olti oylik umri borligidan xabar topgach, Ali Banat turmush tarzini tubdan oʻzgartirishga qaror qilgan. U shundan keyin, yana 3 yil yashashga muvaffaq boʻlgan.

Hashamatga, mashinalar va juda qimmat kiyimlarga oʻrganib qolgan Ali hamma narsadan voz kechib, oʻzining diniy tartibi — Islomga bagʻishlangan yangi hayot boshlashga qaror qiladi. Bu saraton unga vahiy, „sovgʻa“ boʻlib tuyuladi. Uning fikricha, uning tashxisi „Xudo tomonidan hamma narsani oʻzgartirish imkoniyati“ degan fikrni miyasida paydo qilgan.

Ali Banat barcha mol-mulkini muhtojlarga tarqatib, hech qanday moddiy boyliksiz oʻlishni xohlaydi.

Xayriyalari

tahrir

Ali Banat saraton kasalligiga chalinganidan soʻng, butun boyligi va vaqtini bagʻishlagan „Dunyo musulmonlari“ (MATW) uyushmasini tuzdi.

U tinimsiz mehnati samarasida koʻplab homiylarni topishga muvaffaq boʻldi. Bu homiylar unga yordamga muhtoj mamlakatlarga, asosan Afrikaga sayohat qilishlariga imkon berdilar, u yerda qishloqlar, masjidlar, shuningdek, 600 dan ortiq yetim bolalarni sigʻdira oladigan maktab qurishga yordam berishgan.

Ali Banat jahon musulmonlari tashkiloti, shuningdek, sogʻliqni saqlash markazini tashkil etishga yordam bergan va mahalliy aholiga oʻz bizneslarini boshlash uchun zarur boʻlgan resurslarni taqdim qilgan.

Alining hikoyasi jamiyatning barcha qatlamlaridagi odamlarni uning uyushmasiga xayriya qilishga ilhomlantirdi. MATW tashkilotiga umumhisobda 600 000 yevrodan ortiq xayr-ehson qilingan.

Manbalar

tahrir
  1. „Australian Muslim millionaire turned humanitarian Ali Banat dies“ (en). SBS Your Language. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-yanvar.
  2. „Али Банат: человек с даром рака“ (en) (HTML). www.dailytimes.com.pk. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  3. Melissa Yeo, Parramatta Advertiser. „Мусульманская благотворительная организация MATW бойкотирует крупный банк после закрытия счёта“ (en) (HTML). www.dailytelegraph.com.au (2016-yil 14-sentyabr). 2017-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.