Ali Sankabosiy (arabcha: على السنكباثى — Abulhasan Ali ibn Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼ Sankabosiy) — Roviy, imom.

Ali Sankabosiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1061-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy, imom

Ali Sankabosiy Samarqandning zohid, taqvodor imomi va hadis roviysi boʻlgan. U XI asrning boshida Samarqandga qarashli Sankabos qishlogʻida tugʻilgan. Ali Sankabosiy boshlangʻich taʼlimni otasi Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼdan olgan.

Ustozlari

tahrir

Ali Sankabosiy hadis ilmining sir-asrorlarini otasi Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼdan va Ahmad ibn Humayd Sankabosiy[1]. hamda hofiz Abu Saʼiyd Abdurahmon ibn Muhammad ibn Muhammad Astraboziylardan oʻrgangan va ulardan hadis rivoyat qilgan.

Shogirdi

tahrir

Ali Sankabosiydan roviy va imom Abulqosim Abdulloh ibn Umar Kasoiy[2]. yoki Koshoniy[3]. va Abulhasan Ali ibn Usmon kabi allomalar hadis rivoyat qilgan.

Vafoti

tahrir

Ali Sankabosiy 452/1061 yili (zulhijja oyining 9 sanasida — 3-yanvarda) Samarqandda vafot etgan.[4][5].

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.

Manbalar

tahrir
  1. Abulfayz Muhammad Husayniy Zabidiy. Tarixu-l-uʼrus min javahiru-l-qomus. J, 5. Doru-l-hidoya. 272
  2. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 7. — Bayrut, 1979. 25
  3. Shamsiddin Zahabiy. Tarixu-l-islom va-l-vafayotu-l-mashohir va-l-aʼlom. J. 35. — Bayrut. Lubnon. 1987. 61
  4. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 7. — Bayrut, 1979. 25.
  5. Abulfayz Muhammad Husayniy Zabidiy. Tarixu-l-uʼrus min javahiru-l-qomus. J, 5. Doru-l-hidoya. 322.