Alibi (lotincha alibi — biror-bir boshqa yerda) — kriminalistikada ayblanuvchining oʻzini himoya qilish taktikasi. Alibi biror jinoyatda ishtirok etgan deb gumon qilingan yoki ayblanayotgan shaxsning jinoyat sodir boʻlgan joyda boʻlmaganini va uning aybsizligini koʻrsatuvchi dalolatdir. Jinoyat yuz bergan vaqtda ayblanuvchi mutlaqo boshqa joyda boʻlgani isbotlansa, alibi aniqlangan hisoblanadi. Jinoyat qilingan paytdan ayblanuvchi boshqa joyda koʻringanligi oʻrtasida tegishli vaqt oʻtgan boʻlsa, jinoyat qilishda boshqa yoʻl bilan yoki bilvosita ishtirok etgan boʻlsa, bu hol ayblovni rad etolmaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir
  • Alibi, Iqtisod va huquqshunoslik boʻyicha ensiklopedik lugʻat (rus.)
  • Ailib[sayt ishlamaydi], Katta sovet ensiklopediyasi (rus.)