Alifbo boʻyicha qotillik (inglizcha: The A.B.C. Murders) — 1936-yilda Agatha Christie tomonidan yozilgan va oʻsha yili Collins Crime Club tomonidan nashr qilingan adibaning eng mashur asarlaridan biri. Asarning asosiy personajlari Hercule Poirot, kapitan Hastings va katta inspektor Japp hisoblanadi[1].

Alifbo boʻyicha qotillik

Ilk nashr
Asl nomi inglizcha: The A.B.C. Murders
Muallif(lar) Agatha Christie
Til inglizcha
Janr(lar)i detektiv
Nashr etilgan sanasi 1936-yil 6-yanvar
Nashriyot Collins Crime Club va Am Oved
Avvalgisi Bulutlardagi oʻlim
Keyingisi Mesopotamiyadagi qotillik

Syujeti

tahrir

Oʻzaro hech qanday aloqasi boʻlmagan shaxslar seriyali qotilning oʻljasiga aylanadi va ularni faqatgina oʻlgan insonlarning ismi alifbo tartibida ekanligi birlashtiradi: Andoverlik Alice Ascher, Beksxill-on-Silik Betty Bernard va shu tartibda. Har bir jinoyat oldidan qotil Hercule Poirotga qotillik vaqti va joyi yozilgan xat joʻnatadi.

Hercule va politsiya har safar jinoyat joyiga kech yetib kelishadi. Qotil har safar „ABC“ (inglizcha: alifbo) yozuvini va ABC Railway Guide maʼlumotnomasini qoldiradi.

Hercule va politsiya dastlab sarosimaga tushib qolishadi, lekin keyinchalik topilgan ashyoviy dalillardan qotil paypoq sotuvchi savdo agenti ekanligini tushunib yetishadi. Keyin esa D harfiga mos ravishda qotillik sodir etilishi kerak edi, lekin boshqa shaxs vafot etadi. Shundan soʻng politsiya oldiga Aleksandr Bonapart Kast ismli sotuvchi keladi va jinoyatlarni oʻz boʻyniga oladi. Qotil aniqlangan, ishni yopsa ham boʻladi, lekin jinoyatlarni oʻz boʻyniga olgan Kast Hercule Poirot haqida ilk marta eshitib turganligini aytadi va Herculega yozilgan xatlarning paydo boʻlishini tushuntirib bera olmaydi. Kast bosh ogʻrigʻidan aziyat chekar, xotira bilan muammolari bor edi. U qotilliklarni qanday sotir etganligini eslay olmasligini, lekin har safar qotillik sodir etilganda oʻsha yerda boʻlganligi uchun oʻzini qotil deb oʻylayotganligini aytadi. Lekin politsiya gumonlanuvchining 2-qotillik paytida alibisi boʻlganligini aniqlaydi: u mehmonxonada yashovchi bir shaxs bilan domino oʻynayotgan edi. Boshqa tomondan oʻylab qaraganda alibi soxta boʻlishi ham mumkin. Hercule dastlab Kastning aybi yoʻqligi haqida gumon qiladi, keyinchalik esa uning aybdor emasligini isbotlaydi va haqiqiy qotilni topadi.

Personajlar

tahrir

Asosiy personajlar

tahrir
  • ABC — ismi noʻmalum boʻlgan seriyali qotil
  • Alexander Bonaparte Cust — paypoq sotuvchisi, asosiy gumonlanuvchi
  • Hercule Poirot — izquvar
  • Kapitan Hastings — Puaroning doʻsti va yordamchisi
  • Katta inspektor Japp — Skotland-Yard politsiyachisi
  • Inspektor Crome — inspektor Japp jamoasidan

Qurbonlar

tahrir
  • Alice Ascher — ilk qurbon, kichikroq magazin egasi, boshiga zarba tufayli oʻldirilgan
  • Elisabeth „Betty“ Bernard — ikkinchi qurbon, yosh va chiroyli ofitsiant qiz, boʻgʻib oʻldirilgan
  • Ser Carmichael Clarke — uchinchi qurbon, boy tadbirkor, boshi yorilgan holda topilgan
  • George Earlsfield — toʻrtinchi qurbon, sartarosh, pichoqlab ketilgan

Ekranizatsiya

tahrir
  • 1965-yilda roman Metro-Goldwen-Mayer kinostudiyasi tomonidan ekranlashtirilgan, Hercule Poirot rolida amerikalik aktyor Tony Randall suratga tushgan[2].
  • 1992-yilda roman asosida Hercule Poirot rolini David Suchet oʻynagan britaniya teleseriali suratga olinadi.
  • 2018-yilda BBC 3 qismdan iborat va asosiy rolni John Malkovich oʻynagan „Alifbo boʻyicha qotillik“ nomli serialni suratga oldi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Ubiystva po alfavitu // Bogatirev, Arseniy. Ensiklopediya Erkyulya Puaro. M.: Izdatelstvo Pero, 2021. S. 233 — 234. ISBN 978-5-00189-026-3
  2. „«The Alphabet Murders» (1965)“. 2009-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-oktyabr.
  3. „The ABC Murders“. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.

Adabiyotlar

tahrir
  • Богатырёв А. В.. Энциклопедия Эркюля Пуаро. М.: Издательство «Перо», 2021. ISBN 978-5-00189-026-3. 
  • Кристи, Агата.. Смерть в облаках: Роман; Убийства по алфавиту: Роман; Убийство в Месопотамии: Роман; Невероятная кража: Повесть; Родосский треугольник: Повесть // Собрание сочинений. В 20 т.. М.: Артикул, 1995. ISBN 5-87891-019-5. 
  • Кристи, Агата; Карран, Джон.. Секретный архив Агаты Кристи. М.: Эксмо, 2010. ISBN 978-5-699-42753-6.