Aline Rotter-Focken
Aline Rotter-Focken (nemischa: Aline Rotter-Focken ; tugʻ. 1991-yil 10-may, Krefeld, Dusseldorf tumani, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Germaniya) — germaniyalik erkin kurashchi, 67 kg gacha va 76 kg gacha vazn toifasida, Germaniya terma jamoasi aʼzosi. Jahon chempioni, Yevropa chempionati gʻolibi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oltin medali sovrindori.
Aline Rotter-Focken | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | nemischa: Aline Rotter-Focken |
Fuqaroligi | Olmoniya |
Tavallud sanasi |
10-may 1991-yil Krefeld, Dusseldorf tumani, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Germaniya |
Vazni |
67 kg gacha 76 kg gacha |
Sport | |
Qaysi sport | erkin kurash |
Faoliyati
tahrir1991-yilda Krefeld shahrida kurashchilar oilasida tugʻilgan[1] u 1996-yilda otasi Xans-Georg Fokken rahbarligida kurash bilan shugʻullana boshlagan. 2010-yilda u oʻsmirlar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻldi va oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida u kumush medal sohibiga aylandi.
2012-yilda Germaniya Gran-prisida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2013-yilda u Yevropa chempionatining bronza medali sohibi boʻldi. 2014-yilda u Jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2015-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan I Yevropa oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].
2019-yil Buxarestda (Ruminiya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 76 kilogramm gacha boʻlgan vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida 76 kg gacha vazn toifasida Aline bronza medalini qoʻlga kiritdi va Milliy olimpiya qoʻmitasiga Olimpiya oʻyinlari litsenziyasini oldi.
2020-yil fevral oyida Italiya poytaxtida boʻlib oʻtgan qitʼa chempionatida 76 kg gacha vazn toifasida Aline bronza medali uchun kurashda fransiyalik sportchidan ustun keldi va Yevropa chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili aprel oyida Varshavada (Polsha) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 76 kilogramm gacha boʻlgan vazn toifasida germaniyalik sportchisi bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].