Alisher Navoiy kemasining koʻrinishi
Mamlakat: O'zbekiston SSR
Maqomi: Yuk tashish uchun
Hodisasi: Sotib yuborilgan
Tashkilot: Rieka
Tayyorlovchi davlat: "Yugoslaviya"
Yoʻnalishi Vladivostok — Iokosuko — Singapur — Sidney — San-Fransisko
Ishga tushirilgan: 1969-yil
Yuk tashish hajmi GT: 10401
Faoliyati: 1970-1993
Hajmi: 10204
Uzunligi(metr): 159, 45
Kengligi: 21,25
Mashina kuchi (ot kuchida): 12000
Tezligi(km/s): 18[1]

SSSR dengizchilik tarixida mamlakat bayrogʻi bilan chet el safarlariga chiqadigan kemalarning 20 ga yaqini O'zbekiston bilan bogʻliq. Sovet dengizchiligidagi kemalarning anchasi yozuvchi va shoirlar va O‘zbekistondagi shaharlar nomi bilan yuritiladi. Bu kemalar Tinch va SHimoliy muz ummonlarida, Egay dengizi, Qora dengiz va Azov dengizida suzib, o‘z xizmat vazifasini bajaradi.

„Alisher Navoiy“ nomi bilan ataladigan teploxod Oʻzbekiston SSR buyurtmasi bilan Yugoslaviyaning Rieka zavodida qurilgan. U 1969-yilda Vladivostok shahrida suvga tushirildgan. 1970-yilda Alisher Navoiy nomidagi kema Uzoq Sharq kemachilik kompaniyasi tarkibiga kirdi[2].

Faoliyati

tahrir

„Alisher Navoiy“ teploxodining harakat chizigʻi Vladivostok — Iokosuko — Singapur — Sidney — San-Fransisko shaharlaridan oʻtadi. U yerlarga don, texnika qurilmalari, mix va turli xoʻjalik buyumlari yetkazib beradi. „Alisher Navoiy“ kemasi Vladivostok sohilida suvga tushirilgan dastlabki kundayoq uning xabar Oʻzbekiston aholisiga yetib keldi. O‘zining 20 yillik faoliyati davomida ushbu kema Amerika, Angliya, Yaponiya, Kanada, Yngi Zelandiya, Avstraliya, Hindiston, xullas Afrika qitʼasidan boshqa barcha chet el sohillarida boʻlgan. SHuningdek, „Alisher Navoiy“ kemasi SSSR — AQSH, SSSR — Kanada, SSSR — Yaponiya Doʻstlik jamiyatlarining aʼzosidir[3].

Jihozlanishi

tahrir

Ekipaj a‘zolariga kema ishga tushgan paytdayoq Alisher Navoiy, uning ilmiy, badiiy merosi, ijodiy faoliyati to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan. Dengizchilar Navoiy va uning ijodiy faoliyati haqida chet eldagi sayohatlarida u yerdagilarga so‘zlab beradi. Shuni taʼkidlash oʻrinliki, kemaning 32 kishilik jamoasining koʻpchiligi adibning hayoti va faoliyati haqida xorijliklarga ingliz tilida maʼlumot bera olgan. „Alisher Navoiy“ kemasiga tashrif buyurgan har bir kishi uning nomi bilan bogʻliq lavhalardan maʼlumotga ega boʻladi. O‘zbekiston jamoatchiligi, ayniqsa Navoiy shahridagi tashkilotlar kemaga koʻmak berib kelgan. Bu sohada Navoiy shahar ijroiya komiteti, Navoiy shahar xalq maorifi boʻlimi, shahardagi 16-oʻrta maktab oʻquvchilar jamoasi tomonidan har yili oʻnlab nusxada Navoiy asarlaridan kemaga yuborilgan. 1975-yildayoq otaliqqa olingan tashkilotlar tomonidan yuborilgan jihozlar asosida kemada muzey hamda buyuk shoir — „Navoiy“ burchagi tashkil etilgan.

Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi hamda Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi tashabbusi bilan kemaga shoirning 10 jildlik asarlari, uning ijodi, hayot yoʻlini aks ettiradigan tadqiqot asarlari yuborilgan. Mutafakkir nomidagi pionerlar uyi jamoasi esa uning moʻyqalam sohiblari chizgan kattakon suratini sovgʻa qildi. CHet elliklarga namoyish etish uchun „Oʻzbekfilim“ kinochilari tomonidan „Navoiy“ filmi kemaga sovgʻa tarzida inʼom qilingan. Navoiy burchagida oʻzbek klassik adabiyotining oʻzbek, rus, chet tillaridagi nodir asarlari, tantanalar munosabati bilan tayyorlangan jildlar kitob va risolalar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar alohida koʻrgazmadan oʻrin olgan. Kiraverishda, koʻzga tashlanadigan joyga Alisher Navoiy surati oʻrnatilgan[4].

Kemada toʻplangan materiallar, oʻzbekistonlik hamda chet ellik mehmonlar bilan hamkorlikda Navoiyxonlik kunlari ham o‘tkazilgan. Ushbu anjumanlarda jamoa sharqona kiyingan, oʻzbek milliy taomlari bilan chet ellik mehmonlarga iltifot koʻrsatilgan.

Keyingi faoliyati

tahrir

Kema 1992-yili Rossiya tarkibiga o‘tgan. 1993-yilda kema Unifescoga topshirildi. 1994-yilgacha „Alisher Navoiy“ nomi bilan dunyo kezgan kema shu yili Malta davlatiga sotilib, nomi „Eastern Star“ deb o‘zgartirilgan[5]. Kema 1999-yili utilizatsiya qilingan.

Manbalar

tahrir
  1. „Судно Алишер Навои“ (ruscha). Fesco.ru. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  2. „Метрополитен - Алишер Навои - Посмертное признание“ (ruscha). opklare.ru (10-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  3. Hayitov, Shodmon „Алишер Навоий» кемасини биласизми?“. Guliston. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  4. Tojialiyev, Davronbek „Дунё уммонлари бўйлаб сузган ўзбек кемалари“ (o'zbekcha). ziyouz (2021-yil 10-aprel). Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  5. „Eastern Star“ (ruscha). fleetphoto. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.

Adabiyotlar

tahrir

Бажанов, Евгений. Миг и вечность (ruscha), 15-may 2022-yil — 1259-bet. ISBN 9785041659295. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.