Alla Anorov
Alla Anorov – qirgʻizistonlik paxtakor, ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1948, 1951), SSSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq va Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 3 va 4-chaqiriqlari deputati.
Allya Anarov | |
---|---|
Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi3, 4-chaqiriqlar deputat | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1907-yil Fargʻona viloyati |
Vafoti |
1979-yil 8-dekabr Oʻsh viloyati |
Bolalari | 7 oʻgʻil va 2 qiz |
Kasbi | SSSR, Qirgʻiziston paxtakori |
Dini | Islom sunniylik |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAlla Anorov 1907-yilda Oʻsh tumanida (hozirgi Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati) kambagʻal dehqon oilasi tugʻilgan. Millati oʻzbek.
Anarov rahbarlik qilgan paxtachilik uchastkasi 1948-yilda rekord darajada hosil olgan. Har gektardan 102,9 sentnerdan paxta olingan. 1949-yilda hosildorlik 88,5 sentnerni, 1950-yilda gektariga 70,5 sentnerni tashkil etgan.
1939-yilda VKP (b) safiga qoʻshilgan, Ulugʻ Vatan urushi yillarida qishloq Soveti raisi boʻlgan. 1958 – 1962-yillarda SSSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq va Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 3 va 4-chaqiriqlari deputati boʻlgan. Oʻsh viloyat, Aravon tuman va qishloq kengashlari deputati etib saylangan. Qirgʻiziston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va Oʻsh viloyat qoʻmitasi aʼzosi, respublika partiya qurultoylari, viloyat va tuman partiya konferensiyalarida delegat boʻlgan.
Yuqori barqaror paxta hosildorligi uchun 1948-yil 26-martdagi SSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan unga Lenin ordeni, Oʻroq va Bolgʻa oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1].
Nafaqaga chiqqandan soʻng, yosh paxtakorlarga oʻzining boy hayotiy tajribasini oʻrgatib, ularga murabbiylik qilishda davom etgan[2].
1979-yil 8-dekabrda vafot etgan. Koʻk-Jelet qishlogʻidagi „Intifak“ qabristoniga dafn etilgan[3].
Oilasi
tahrirTurmush oʻrtogʻi Ibodaxon bilan birga yetti oʻgʻil, ikki qizni voyaga yetkazgan.
Katta akasi Xayitbay (1904 – 1989), Aravon tumani Molotov nomidagi kolxoz raisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (15.2.1957)[4].
Mukofotlari
tahrir- Ikki karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni. (26.03.1948-yil yuqori paxta hosildorligi uchun, 28.04.1951-yil qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdagi muvaffaqiyat uchun).
- 5 karra Lenin ordeni
- Qizil yulduz ordeni (06.09.1947)
Adabiyotlar
tahrir- Geroi sotsialisticheskix poley. – M., 1957.
- Geroi Sotsialisticheskogo Truda: bibliogr. slov. – M., 2007. – T. 1.
- Kirgizstan: Uluttuk ensiklopediya. – Bishkek: Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru, 2006. – T. 1 / Bashki red. Ү. A. Asanov. – ISBN 9967-14-046-1
- Xalturin S. S. Xlopkorob Allya Anarov: (brigadir kolxoza „Kommunizm“ Aravanskogo rayona Kirgizskoy SSR). – Selxozgiz, 1959. – 68 s.
- Vo imya protsvetaniya Kirgizstana: Ensiklopedicheskoe izdanie o vidayuщixsya uzbekax Kirgizstana / Pod ruk. B. J. Juraeva. – Osh: Rizvan, 2017. – 336 s.
Manbalar
tahrir- ↑ Anarov Allya (1907—1979) // Mnogolikiy Kirgizstan (Wayback Machine saytida 2017-08-06 sanasida arxivlangan) / Sost.: S. R. Abdikadirova S. R. i dr. – Бишкек: OO „MTs Interbilim“, 2016. – S. 13—14.
- ↑ „документальный фильм «Знатный хлопковод Алля Анаров»“. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyun.
- ↑ Filmi Tsentrnauchfilma proizvodstva 1954 goda[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Социалистического Труда колхозникам, колхозницам, работникам машиннотракторных станций и совхозов, партийным и советским работникам Киргизской ССР»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
Havolalar
tahrir- Allya Anarov s sinom. Foto 1966 god Arxivnaya kopiya ot 3 avgusta 2017 na Wayback Machine
- Brigadir polevodcheskoy brigadi kolxoza imeni V. M. Molotova, dvajdi Geroy Sotsialisticheskogo Truda A.Anarov peredayot opit raboti kolxoznitsam svoey brigadi Arxivnaya kopiya ot 3 avgusta 2017 na Wayback Machine
- Istoriya Kirgizii Arxivnaya kopiya ot 19 sentyabrya 2013 na Wayback Machine
- Nekrolog