Alla Kushnir

Kushnir (1973-yil)
Toʻliq ismi Alla Shulimovna Kushnir
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Isroil bayrogʻi Isroil
Tugʻilishi 11-avgust 1941-yil
Moskva, Rossiya SSR, Sovet Ittifoqi
Vafoti 2-avgust 2013-yil(2013-08-02)
(71 yoshda)
Tel Aviv, Isroil
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2430 (yanvar 1990-yil)

Alla Shulimovna Kushnir (ivritcha: אלה שולימובנה קושניר ; ruscha: Алла Шулимовна Кушнир; 1941-yil 11-avgust — 2013-yil 2-avgust) — asli isroillik ayol shaxmatchi. U 1962-yilda FIDE xalqaro ustasi (WIM) va 1976-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlari bilan taqdirlangan.[1] 2017-yilda u Butunjahon shaxmat shon-shuhrat zaliga kiritildi.[2]

Hayoti

tahrir

Alla Kushnir 1974-yilda Sovet Ittifoqidan Isroilga koʻchib oʻtgan.

Shaxmatdagi faoliyati

tahrir

Kushnir ketma-ket uch marta ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatining Chellenjeri boʻlgan. U Nona Gaprindashviliga chempionlik uchun oʻyinlarda magʻlub boʻldi, jumladan, Kushnir quyidagi natijalarga erishgan:

  • 1965-yil Rigada +3 −7 =3;
  • 1969-yil Tbilisi-Moskvada +2 −6 =5;
  • 1972-yil Rigada +4 −5 =7.

Turnirlarda u Suxumidagi nomzodlar turnirida (Milunka Lazarevich va Tatyana Zatulovskaya bilar birgalikda) 1964-yilda 1-3 oʻrinni egalladi, 1967-yilda Beberjikda boʻlib oʻtgan musobaqada gʻolib boʻldi, 1967-yilda Subotica (nomzodlar turniri) gʻolibligini qoʻlga kiritdi, 1968-yilda Belgradda 2-oʻrinni egalladi. 1969-yil Sinayda, 2-3-oʻrinlarni (Vobralova bilan ketma-ket, turnirda Ivanka gʻalaba qozongan) zabt etgan. 1971-yilda Veyk-an-Zeeda, 1971-yili Belgradda (Gaprindashvilidan oldinda), yana shu yili Moskvada, 1973-yilda Vrnyačka Banjada boʻlgan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumiy ayollar reytingida 31-oʻrinni egallagan. Shuningdek, 1976-yili Roosendaal Interzonal musobasida gʻalaba qozondi (Axmilovskaya birgalikda).

Kushnir ayollar shaxmat olimpiadasining uch karra gʻolibi boʻlgan: 1969 va 1972-yillarda u Sovet terma jamoasi oʻyinchisi sifatida turnirda gʻoliblikka loyiq koʻrilgan, har ikki musobaqada u 2-taxtada eng yaxshi natijasini namoyish etgan[3][4] va 1976-yilda uni Isroil jamoasida 1-taxtada eng yaxshi natija koʻrsatgan shaxmatchi sifatida etirof etilgan.[5]

Alla Kushnir Lipetskda ayollar oʻrtasidagi 5-SSSR chempionati (1959), Bokuda Volpert SSSR ayollar chempianati (1961) musobaqalarida 3-4-oʻrinlarni, Rigada Volpert SSSR ayollar chempionatida (1962) esa 2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Bokuda oʻtkazilgan Koslovskaya SSSR ayollar oʻrtasidagi shaxmat musobaqasida 3-4-oʻrinlar bilan turnirni yakunlangan.Ushbu turnir pley-off oʻyinida Kushnir Koslovskayani magʻlub etdi: 4-2. 1970-yilgi Beltsi shahrida boʻlgan SSSR ayollar chempionatida esa Ranniku bilan 1-oʻrinni egalladi. Kushnir Moskvada Ranniku bilan oʻtkazilgan pley-off oʻyinida 4 ta gʻalaba qozondi, natija: 12 −312.

Vafoti

tahrir

Alla Kushnir 2013-yilda Tel-Avivda, 72 yoshga toʻlishidan toʻqqiz kun oldin, nomaʼlum sabablarga koʻra vafot etdi.[6]

Manbalar

tahrir