Alliteratsiya
Alliteratsiya (Tavze) – sheʻrda, jumlada, bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi. Tovushlar ohangdorligi, asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil boʻlgan ohangdorlik alliteratsiya deb yuritiladi.
Alliteratsiya (lot. ad ga, da, littera – harf) – qarang Saj. [1]
Misol:
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qayiq qayrilma qoshing, qiz,
Qilur qatlimga qasd, qayrab
Qilich qotil qaroshing, qiz...
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |