Aloqabandon madrasasi
Aloqabandon guzari masjidi imomi va hujralari mudarrisi mulla Abdug‘afurning maoshi 18 tilla edi. U O‘tkur qushbegi madrasasida bo‘sh qolgan o‘ringa o‘tish uchun oliy marhamatingizdan umidvor bo‘lib duo qilgay .
Aloqabandon madrasasi | |
---|---|
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirAloqabandon madrasasi Aloqabandon guzarida joylashgan boʻlib, 11 hujrasi bo‘lgan. Tarixiy hujjatlarda ko‘rsatilishicha, u masjid-madrasa bo‘lgan. Qozikalonlar mulla Abdushukur va Mir Badriddin tomonidan rasmiylashtirilgan unga doir hujjatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Mulla Abdushukur mudarris tayinlash borasida oliy hukmdorga quyidagicha murojaat qiladi: „Umidgohimiz, O‘tkur qushbegi madrasasi mudarrisi mulla Abdug‘afur oliy marhamatingiz ila Cho‘bini hammomi kappamadrasasiga yuborilgan edi. Uning joyi bo‘sh qoldi. G‘ulomingiz ilm toliblarini yaxshi biladigan ulamolar yasavuli muborizpanoh mulla Sharof miroxo‘r ularning orasidan munosibini qo‘yishga taraddud ko‘rmoqda. Olampanohimiz, Maoshi 25 tilladir“. „Bandaparvar sohibimiz, Kahband madrasasi mudarrisi mulla Abdug‘afur oliy marhamatingiz va mehribonligingiz ila Aloqabandon guzari masjidiga imom va mudarris qilib jo‘natilgan edi. Uning o‘rni bo‘sh qoldi. Bu joyga munosib duogo‘y va rozi bo‘luvchi ilm tolibini qo‘ymoqchimiz. Olampanohimiz, taʼlim olishni yakunlagan qori mulla Sharafiddin dars berishga loyiqdir. Mulla Abdug‘afurning bo‘sh qolgan joyiga uni tayinlash uchun oliy marhamatingizdan umidvorimiz. Maoshi bir yilga 100 tanga“. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida ushbu madrasa mudarrisi maoshi 22 tillagacha yetishi taʼkidlangan".[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 179.