Ama (Aichi)
Ama (yaponcha: あま市 Ama-shi ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shaharda 36997 ta xonadonda 87651 nafar aholi istiqomat qiladi[1], aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 3188 nafar kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 27,49 kvadrat kilometr (10,61 milya) ga teng[2]. Ama Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Sogʻlom shaharlar alyansi (AFHC) aʼzosi hisoblanadi[3].
Ama あま市 | |
---|---|
Shahar | |
35°12′1.6″N 136°46′59.6″E / 35.200444°N 136.783222°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu viloyati Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Hukumat | |
• -Mayor | Koji Murakami (since April 2010) |
Maydon | 27.49 km2 (10.61 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil 1-oktyabr) |
87 651 |
Zichligi | 3200 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0568-28-0001 |
|
Geografiyasi
tahrirAma Aichi prefekturasining uzoq gʻarbiy qismida, Nobi tekisligining oʻrtasida joylashgan. Shahar dengiz sathida yoki undan pastda joylashgan[2]. Ama Nagoya markazidan mashina yoki poezdda 15 daqiqa masofa uzoqlikda oʻrnashgan.
Iqlimi
tahrirShahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Amada oʻrtacha yillik harorat 15,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1699 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,0 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,4 °C atrofida boʻladi[4].
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[5], Ama aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida tez sur’atlarda oʻsib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 24,26 | — |
1960 | 25,229 | +4.0% |
1970 | 48,854 | +93.6% |
1980 | 70,19 | +43.7% |
1990 | 76,659 | +9.2% |
2000 | 82,321 | +7.4% |
2010 | 86,608 | +5.2% |
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirTarixi
tahrirKelib chiqishi
tahrirAma sobiq Ovari viloyatining bir qismi boʻlgan va Jomon davridan buyon doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda.
Qadimgi tarixi
tahrirJimoku-ji ibodatxonasi Asuka davrida imperator Suiko tomonidan bunyod etilgan.
Oʻrta davrlar
tahrirKamakura davridan boshlab, bu Kamakura Kaidoʻda shukuba hududi boʻlgan. Sengoku davrida u Daimyo Hachisuka Masakatsuning uyi boʻlib, uning urugʻi Hachitsuka qal’asida hukmronlik qilgan. Bu, shuningdek, Sengoku davrining yana bir sarkardasi Fukusima Masanori tugʻilgan hudud hisoblanadi.
Ilk zamonaviy davr
tahrirEdo davrida u Ovari Domeni tarkibidagi Ovari Tokugava xoldinglarining bir qismini tashkil etgan. Edo davridan boshlab bu hudud Cloisonné ishlab chiqarish markazi sifatida tanilgan.
Keyingi zamonaviy davr
tahrirMeidzi davrining boshida bu hudud zamonaviy munitsipalitetlar tizimini barpo etish bilan Aichi prefekturasi Ama tumaniga qarashli bir nechta qishloqlarga boʻlib yuborilgan.
Zamonaviy tarix
tahrirJimokuji 1933-yilda, Miva 1958-yilda va Shippo 1966-yilda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. 2008-yilda uchta shahar va Ōharu shahri birlashish boʻyicha munozaralarni boshladi, ammo, Ōharu bilan kelishuvga erishib boʻlmadi, bu esa oʻsha yilning oxirida munozaralarni tugallanishiga sabab boʻldi. Qolgan uchta shahar 2009-yilda referendumdan o‘tgan va yangi Ama shahri sifatida 2010-yil 22-martda tashkil etilgan[2].
Hukumat
tahrirAma toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi bilan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 9-Aichi tumani tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
tahrirSeramika muhandisligi
tahrir- Cloisonné (Ovari Cloisonné)
Savdo
tahrirNagoya metropolisiga yaqinligi tufayli Ama yotoqxona shaharchaga aylanib qoldi va uning aholisi tez sur’atlarda oʻsa boshladi.
Taʼlim tizimi
tahrirAmada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn ikkita davlat boshlangʻich maktabi va beshta davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.
Transport
tahrirTemir yoʻllar
tahrirAnʼanaviy chiziqlar
tahrir- Tsushima liniyasi: — Jimokuji — Shippō - Kida -
Yoʻllar
tahrirTez yoʻllar
tahrir- Nagoya Daini Kanjo tezkor yoʻli
- Higashi-Meihan ekspress yoʻli
Yaponiya milliy marshruti
tahrir- Milliy yoʻnalish 302
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrir- Shippo sanʼat qishlogʻi
- Xachitsuka qal’asi joylashgan joy
- Jimoku-ji, Asuka davridagi buddistlar ibodatxonasi
Amadan chiqqan taniqli odamlar
tahrir- Fukusima Masanori, Samuray
- Hachisuka Masakatsu, Samuray
- Maeda Matsu, Maeda Toshiiening rafiqasi
- Noboru Ogasavara, shifokor
- Nobutaka Hirano, voleybolchi
- Junichi Sato, anime rejissyori
- Yūko Mizutani (1964 — 2016), aktrisa
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ama City official statistics (yaponcha)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Ama City official home page (yaponcha)
- ↑ Alliance for Healthy Cities official home page
- ↑ Ama climate data
- ↑ Ama population statistics