Amarjit Singh Kiyam (2001-yil, 6-yanvarda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining Goa klubi va Hindiston terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U, shuningdek, 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida Hindistonni himoya qilgan.

Amarjit Singh
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Amarjit Singh Kiyam
Tavallud sanasi 6-yanvar 2001-yil (2001-01-06) (23 yosh)
Tavallud joyi Thoubal, Manipur, Hindiston bayrogʻi Hindiston
Boʻyi 1.71 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hindiston Goa
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
AIFF Elite Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2018 Indian Arrows 16 (1)
2018-2021 Jamshedpur 15 (0)
2018-2019Indian Arrows (ijara) 20 (3)
2021- Goa 2 (0)
2021-East Bengal (ijara) 16 (0)
Milliy terma jamoa
2015-2018 India U17 33 (2)
2017-2019 India U20 4 (1)
2021- India U23 3 (0)
2019- India 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-fevral uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 25-oktyabr uchun)

Klubdagi faoliyati

tahrir

Manipurda tugʻilgan Amarjit Hindistonda boʻlib oʻtadigan 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan AIFF Elite Academy guruhining bir qismi edi.[1] U 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan Hindiston U17 terma jamoasi sardori edi. Turnirdan soʻng Amarjit Hindistonning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilaridan iborat Butun Hindiston futbol federatsiyasiga qarashli Indian Arrows jamoasida oʻynash uchun tanlangan edi.[2] U Arrowning Chennai Cityga qarshi mavsumdagi birinchi oʻyinida jamoa safidagi professional debyuti oʻtkazdi . U asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi, natijada Indian Arrows klubi 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.[3]

2017-yilning 29-dekabrida Amarjit Indian Arrows jamoasining Mohun Baganga qarshi o‘yinida 64-daqiqada oʻyindagi ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.[4]

Xalqaro faoliyati

tahrir

Amarjit 2017-yilda Hindistonda boʻlib oʻtgan FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan Hindistonning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qildi.[5] U-17 jahon chempionatida Hindiston terma jamoasi sardori boʻlgan.

Amarjit 5-iyun kuni Kyurasaoga qarshi oʻyinda 2019-yilgi Qirol kubogida Hindiston terma jamoasini himoya qilgan, Pronay Halder oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda. U 2000-yildan keyin tugʻilgan kattalar jamoasida oʻynagan birinchi futbolchi boʻldi. U 2019-yil sentyabrida Ummon va Qatarga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralashi o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritilgan, biroq qo‘lidan olgan jarohati tufayli jamoani tark etishga majbur bo‘lgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Uning amakivachchasi Jeakson Singh ham hozirda Kerala Blasters jamoasida oʻynaydigan professional futbolchi. Ularning ikkalasi 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida Hindistonning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasini himoya qilishgan, Jeakson Hindistonning FIFA turniridagi birinchi golini urgan.[6] Uning amakivachchasi Kritina Devi Thounaojam ham Hindistonni yoshlar jamoalarida himoya qilgan.[7] U Hindiston U-17 jamoasidan atigi 2 yil ichida kattalar tarkibiga oʻtib, yoshligida tarixga kirdi.

Oʻyin uslubi

tahrir

U toʻp uzatish qobiliyati va mukammalligi uchun maqtovga sazovor boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

tahrir
2022-yil, 14-fevral holatiga ko'ra[8]
Klub Mavsum Liga Kubok OFK Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Indian Arrows 2017-18 I-liga 16 1 1 0 17 1
Jamshedpur 2019-20 Hindiston Superligasi 8 0 0 0 8 0
2020-21 7 0 0 0 7 0
Jami 15 0 0 0 0 0 15 0
Indian Arrows (ijara) 2018-19 I-liga 20 3 2 2 22 5
Goa 2020-21 Hindiston Superligasi 2 0 0 0 4 0 6 0
East Bengal (ijara) 2021-22 16 0 0 0 16 0
Karyera jami 69 4 3 2 4 0 76 6

Xalqaro

tahrir
2019-yil, 16-iyul holatiga ko'ra
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Hindiston 2019 5 0
Jami 5 0

Yutuqlar

tahrir

Hindiston

  • Qirol kubogi uchinchi oʻrin: 2019-yil

Manbalar

tahrir
  1. Selvaraj, Jonathan. „How 14,000 became 21: The story of India's history boys“. ESPN.in (2017-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  2. „Matos Names 25-member Indian Arrows Squad for Hero I-league 2017-18“. The All India Football Federation (2017-yil 29-noyabr). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
  3. „Indian Arrows 3-0 Chennai City“. Soccerway.
  4. „Mohun Bagan 1-1 Indian Arrows“. Soccerway.
  5. Selvaraj, Jonathan. „How 14,000 became 21: The story of India's history boys“. ESPN.in (2017-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.Selvaraj, Jonathan (3 October 2017). „How 14,000 became 21: The story of Indiaʼs history boys“. ESPN.in. Retrieved 29 November 2017.
  6. „Under 17 World Cup: Amarjit Singh and Jeakson Singh - brothers in arms - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 2020-yil 23-may.
  7. „Manipuri cousins hope family tradition continues at India 2021 | Football | News |“ (en-GB). the-AFC. Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
  8. Amarjit Singh Kiyam Soccerway saytida