Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentlarining tarixiy reytinglari

Siyosiy tadqiqotlar davomida Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentlari muvaffaqiyatining tarixiy reytingini yaratish maqsadida soʻrovnomalar oʻtkazilgan. Reyting tizimlari, odatda, akademik tarixchilar va siyosatshunoslarning soʻrovnomalari yoki ommaviy fikrlarga asoslangan. Ilmiy reytinglar prezidentlik yutuqlari, yetakchilik fazilatlari, muvaffaqiyatsizlik va xatolariga eʼtibor qaratgan[1][2]. Ommaviy soʻrovlar, asosan, soʻnggi yoki taniqli prezidentlarga qaratilgan.  

1920-yillarda haykaltarosh Gutzon Borglum va Prezident Calvin Coolidge, George Washington, Thomas Jefferson, Teodore Roosevelt va Abraham Lincolnlarni Rushmore togʻida aks ettirish uchun tanladilar — bu keyinchalik mos ravishda millatning tugʻilishi, oʻsishi, rivojlanishi va muhofazasini koʻrsatish uchun tanlangan prezidentlik buyukligining mashhur ramziga aylandi

Umumiy topilmalar

tahrir

Abraham Linkoln, Franklin D. Roosevelt va George Washingtontarixchilar orasida eng yuqori baholangan uchta prezident sifatida qayd etilgan. Ronald Reagan va Bill Clinton kabi soʻnggi prezidentlar koʻpchilik jamoatchilik fikriga koʻra eng zoʻrlar qatoriga kiritilgan, lekin, odatda, prezidentlar haqida oʻrgangan olimlar va tarixchilar orasida unchalik yuqori baholanmagan. William Henry Harrison (31 kun) va James A. Garfield (200 kun, 119 kundan soʻng mehnatga layoqatsiz) lavozimga kirishganidan koʻp oʻtmay vafot etganligi sababli ular prezidentlik reytingidan chetlashtiriladi. Zachary Taylor atigi 16 oy prezidentlik lavozimida faoliyat yuritganidan soʻng vafot etganiga qaramay prezidentlik reytingida hisobga olinadi. .

Taniqli olimlarning soʻrovnomalari

tahrir

1948-yilgi soʻrovnoma Harvard universiteti tarixchisi Arthur M. Schlesinger Sr tomonidan oʻtkazilgan. 75 nafar tarixchilar orasida olib borilgan 1962-yilgi soʻrovnoma ham Schlesinger tomonidan olib borilgan. 1996-yilda Schlesingerning oʻgʻli Arthur M. Schlesinger Jr tomonidan yana bir soʻrovnoma oʻtkazilgan. Shuningdek, AQSh prezidentlarining toʻliq kitobi 1982-yilda „Chikago minbari“ gazetasi tomonidan 48 ta tarixchi oʻrtasida olib borilgan soʻrovnoma natijalarini ham koʻrsatib beradi. Soʻrovnomalar oʻrtasidagi sezilarli farq shundaki, 1962-yilda 22-oʻrinda turgan Dwight D. Eisenhower 1996-yilda 9-oʻringa koʻtariladi. 1988-yildan 1996-yilga qadar William J. Ridings Jr. va Stuart B. McIver tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomalar natijalari „Prezidentlar reytingi: buyuk va hurmatlilardan insofsiz va noloyiqlarga qadar“ jurnalida chop etilgan. Soʻrovnomada ishtorok etgan 719 nafar shaxslarning asosiy qismini akademik tarixchilar va siyosiy olimlar tashkil etgan.

XXI asr soʻrovnomalari, asosan, Lincolnning oʻtmishdoshi hisoblanmish James Buchananni Fuqarolar urushi davriga qadar olib borgan boshqaruv siyosati sabab eng yomon prezident deb hisoblaydi. Boshqalar esa Lincolnning vorisi boʻlmish Andrew Johnsonga qora tanli amerikaliklarning fuqarolik huquqlarini cheklagani va qayta qurish jarayonlariga putur yetkazgani sabab ovoz berishgan. XX asr soʻrovlnomlari oxirgi oʻrinni belgilash maqsadida Warren G. Hardingning korrupsiya va janjallarga boy boshqaruv davriga urgʻu qaratadi.

Manbalar

tahrir
  1. Maranell, Gary M. (June 1970). "The Evaluation of Presidents: An Extension of the Schlesinger Polls". The Journal of American History 57 (1): 104–113. doi:10.2307/1900552. Archived from the original on March 17, 2022. https://web.archive.org/web/20220317034324/https://www.semanticscholar.org/paper/The-Evaluation-of-Presidents%3A-An-Extension-of-the-Maranell/8e9dab07d52c00cda6f5d42a1fae1ca9627b2c34. Qaraldi: January 22, 2020. Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentlarining tarixiy reytinglari]]
  2. „Americans Say Reagan Is the Greatest U.S. President“. Gallup.com (2011-yil 18-fevral). 2012-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-mart.