Aminjon Ziyovuddinov
Aminjon Ziyovuddinov (1890-yil Buxoro — ?) — „Yosh buxoroliklar“ partiyasi aʼzosi, kitobchilik palatasida ilmiy xodim. Yaltadagi „Oʻzbekiston“ sanatoriyasida shifokor boʻlib ishlagan Bahovuddin Aminjonovning otasi.
Aminjon Ziyovuddinov | |
---|---|
Tavalludi |
1890-yil |
Fuqaroligi | Buxoro amirligi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, SSSR |
Kasbi | Mudarris |
Bolalari | Bаhovuddin Аminjonov |
Faoliyati
tahrir1890-yili Buxoro shahrida tug‘ilgan. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Yoshlikdagi doʻsti Azimjon Sharipov bilan birga taʼlim olgan. Talabalik yillarida boshqa taraqqiyparvarlar qatori Buxoro jadidlari qatoriga qoʻshilishgan. Aminjon Ziyovuddinov „Yosh buxoroliklar“ tashkilotining faol aʼzolaridan bo‘lib, Buxoro tarixiga oid kitoblar bilimdoni edi. Ular Buxoro amirligining eski boshqaruv tizimini isloh qilish va uni zamonaviy boshqaruvga oʻzgartirishga harakat qilgan. Buxoro jadidlarining bu intilishlari Buxoro amiri Said Olimxon va uning tarafdorlari tomonidan jiddiy qarshilikka uchraydi. Buning natijasida koʻplab „Yosh buxoroliklar“ tashkiloti aʼzolari amirlikdan badargʻa qilinadi. Shundan keyin taraqqiyparvarlar Sovet davlati bilan hamkorlik yoʻliga oʻtgan.
1914-yil yosh tarixchi olim Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on Buxoro shahriga birinchi marta kelganida Aminjon Ziyovuddinovning uyida yashab, maslahatlar olgan[1]. Aminjon Ziyovuddinov 1920-yil amirlikning ag‘darilishi natijasida vujudga kelgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasida qator nufuzli vazifalarda ishlagan. 1921-yilda bu safar siyosiy maqsadni koʻzlab Buxoro zaminiga kelgan Zaki Validiy yana Aminjon Ziyovuddinov xonadonida mehmon bo‘lgan. Bu esa uning Buxoro siyosiy hayotidagi oʻrni yuqoriligidan darak beradi[2].. Oʻgʻli Bahovuddin dastlab jadid maktabida savod chiqargan, so‘ng madrasa taʼlimini olib fors, arab tillarini mukammal o‘rgangan. Aminjon Ziyovuddinov 1922-yilning kuzida oʻgʻlini Germaniyaga oʻqishga joʻnatadi. 1938-yil qatagʻonlari Bahovuddin Aminjonovni ham chetlab oʻtmagan. 1938-yil 8-oktyabrda otishga hukm qilingan[3].
Qatagʻon qilinishi
tahrirAminjon Ziyovuddinov O‘zSSR NKVD huzuridagi „uchlik“ning 1937-yilning 5-noyabridagi qarori bilan aksilinqilobiy „Milliy Ittihod“ tashkilotining azosi, millatchi, Fayzulla Xo‘jayev bilan yaqin aloqada degan ayblar bilan 10 yil muddatga mehnat lageriga ishlash uchun hukm qilingan, jazo muddati 1937-yilning 21-avgustidan boshlab hisoblangan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.
Manbalar
tahrir- ↑ „15 дақиқалик суд ва ўлим жазоси — шифокор Баҳовуддин Аминжоновнинг айблов баённомаси ҳақида“. hudud.uz (2022-yil 28-sentyabr). 2023-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2023-yil.
- ↑ „15 daqiqalik sud va o‘lim jazosi – Bahovuddin Aminjonovning ayblov bayonnomasida nimalar ko‘rsatilgan edi?“. oyina.uz (2022-yil 30-avgust). Qaraldi: 22-iyul 2023-yil.
- ↑ M.Karimova „Katta qirg'in:Germaniyadan qaytgach otilgan o'zbeklar yoxud dunyoga tanilgan Turkiston yoshlari taqdiri“ (2021-yil 8-yanvar). Qaraldi: 23-iyul 2023-yil.