Amir Temur mahallasi (Yashnobod tumani)
Amir Temur mahallasi — (Furqat koʻchasi, 20-uy) — Yashnobod tumanidagi mahalla. „Tuzel“, „Usmon Nosir“, „Birlashgan“ va „Navruz“ mahallalari bilan chegaradosh. 1988-yilda tashkil etilgan. 1970-yilga qadar Qibray tumani jamoa xoʻjaligiga qarashli bogʻ (Uzumzor, Olmazor) boʻlgan. Koʻp qavatli uylar qurilishi munosabati bilan shahar ixtiyoriga oʻtkazilib, mahalla tashkil topgan. 1991-yil Amir Temur nomi berilgan. Aholisi 3200 kishi, koʻp millatli (oʻzbek, qozoq, tatar, rus va boshqalar) (2008). Mahalla hududida bolalar bogʻchasi, bir necha sanoat korxonalari, 2 ta avtosaroy mavjud boʻlgan[1].
Amir Temur Amir Temur mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700016 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 73-bet.