Ammogʻon-1 (ruscha: Аммоган-1) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[1].

Ammogʻon-1
ruscha: Аммоган-1
Shaharcha
39°03′15.5″N 66°48′23.3″E / 39.054306°N 66.806472°E / 39.054306; 66.806472
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ammogʻon-1 ruscha: Аммоган-1 xaritada
Ammogʻon-1 ruscha: Аммоган-1
Ammogʻon-1
ruscha: Аммоган-1

Etimologiyasi

tahrir

Ammogʻon shaharchasi nomi tarkibi aymoq va -on qoʻshimchalaridan tarkib topgan. Aymoq bu urugʻ boʻlib, ayni shu urugʻ nomiga -on koʻplik qoʻshimchasi qoʻshilgan. Shaharcha nomi aymoqlar degan maʼnoni anglatadi. Xalq orasida nom tovush oʻzgarishiga uchragan va aymoq soʻzining koʻplik shakli aymogʻonga keyinchalik esa Ammogʻonga oʻzgarib ketgan. Hududga bu nomning berilishida qoʻshni qishloqda istiqomat qilgan tojik tilli yoki ikki tilli aholining hissasi bor boʻlishi mumkin[2].

Aholisi

tahrir

1-yanvar 2016-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, Ammogʻon shaharchasida jami 2500 nafar aholi yashaydi. 2013-yilda bu koʻrsatkich 2165 nafarni tashkil qilgan[3].

Joylashuvi

tahrir

Ammagʻon shaharchasi Shahrisabz tumaning markazida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari shimolda Bashkop, gʻarbda Kamar, janubda Xitoy va sharqda Suvtushar shaharchalaridir. Shaharcha hududidan Taragʻaysoyning irmoqlari oqib oʻtadi.

Tuzilishi

tahrir

Ammogʻon shaharchasida 69-sonli maktab, Ammagan qabristoni joylashgan. Shaharchadagi asosiy mahalla Ammogon MFY hisoblanadi.

Hududning asosiy qismi yaylovlardan iboratligi uchun ham, bu hudud yaqinida yil davomida Koʻpkari oʻyinlari oʻtkazilib turiladi.

Iqlimi

tahrir

Ammogʻon shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,7° C ni tashkil etadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0,8° C ga, eng past harorati esa —26° C ga teng.

Iyulning oʻrtacha harorati 28° C, eng yuqori harorati 43° C.

Yogʻin miqdori

tahrir

Hududga yiliga oʻrtacha 545 mm miqdorida yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 219 kunni tashkil etadi.

Manbalar

tahrir
  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 43-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 155-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.