Amorf tillar (yun. amorphos — shaklsiz) — affikslar bilan soʻz yasa-lishi va soʻz oʻzgarishi boʻlmagan tillar. Soʻzlararo grammatik aloqa bitishuv yoki yordamchi soʻzlar vositasida yuzaga chiqadi. Amalda Amorf tillar kamchilikni tash-kil etadi, ammo barcha tillarda unga xos unsurlar uchraydi (mas, hind-yevropa, turkiy, fin-ugor va boshqalar). Amorf tillar ga eng yaqin tillar — xitoy, Vetnam, eve va boshqa Amorf tillarda mustaqil soʻzlar yordamchi soʻz vazifasida ham keladi. Masalan, xitoy tilida ge (arava), shong (ust) soʻzlari qoʻshilib — geshong (aravaning usti yoki arava ustida) hosil boʻladi. Bu xususiyat tibet-birma tillarida kuchli.