Agglyutinativ tillar

Agglyutinativ tillar (lot. agglutino – qoʻshilish) – soʻz oʻzagi yoki negiziga qoʻshimchalar qoʻshilishi (ulanishi) natijasida yangi soʻzlar hosil boʻluvchi tillar. Agglyutinativ tillarda soʻzning oʻzak yoki asosini oʻzgartmagan holda qoʻshimchalar qoʻshish bilan ma’lum soʻz va shakl yasaladi, har bir qoʻshimcha muayyan ma’no va vazifa bilan qatnashadi. Masalan, uch-uvchilari-mizga. Turkiy tillar (xususan, oʻzbek tili), fin-ugor tillari agglyutinativ tillar hisoblanadi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil