Amplua (fransuzcha emploi — „kasb“) biror aktyorga uning qiyofasi, xarakteri tufayli mos keluvchi rollar jabhasidir. Baʼzida sportchilarga nisbatan ham qoʻllaniladi (masalan, futbolchi uchun „yarim himoyachi ampluasi“ kabi).

Amplua (frans. emploi — foy-dalanish) — aktyor imkoniyatlariga mos tushadigan rollar turkumi. Maʼlum rollarga ixtisoslashish barcha mamlakat teatrlari taraqqiyoti tarixida uchraydi. A.da ishlash, ayniqsa, Sharq teatriga xos. 17-asr oxiriga kelib yapon teatri (Kabuki)da A.ning 8 guruhi tarkib topdi. Hind teatrida esa A.ning 12 gu-ruhi maydonga keldi. Maʼlum davrgacha A. ijobiy rol oʻynagan. Ammo, keyinchalik A. tizimi aktyorlar ijodida qolip va nusxalarni keltirib chiqardi, mumtoz dramaturgiyaning ayrim asarlari A. doi-rasiga sigʻmay qoldi. Sahnada hayotni ay-nan aks ettirish usuli maydonga kelgach, A. tizimi inqirozga yuz tuta boshladi. Oʻzbek teatrining shakllanish davrida aktyorlik sanʼatida A. mavjud edi. Ak-tyorlar realistik sahna qonuniyatlarini puxta oʻzlashtirgan sayin turli mazmun-dagi rollarni ijro etishga oʻtib, A.dan uzoqlashdilar. Lekin har bir aktyorning sevgan rollari, oʻz ijo-diy mav-zui boʻladi, buni A. bilan adashtirmaslik kerak. A. maydonlarda koʻrsatiladigan spektakllarda hamon ishlatiladi. A.ga asoslangan Sharq anʼanaviy teatri (Yapo-niya, Xitoy, Hindiston) shu kunlarda ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil