Amr ibn Jamuh (arabcha: عمرو بن جموح) – Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning ansoriy sahobasi va Bani Salama qabilasining boshligʻi. Amr ibn Jamuh Uhud jangida vafot etgan[1].

Amr ibn Jamuh
Tavalludi 540
Vafoti Hijriy 625-yil 19-mart
Uhud, Saudiya Arabistoni
Turmush oʻrtogʻi Ummul-Muavvaz Hind
Bolalari Muavvaz ibn Amr
Muoz ibn Amr
Xallod ibn Amr
Otasi Jamuh

Biografiyasi

tahrir

Amr ibn Jamuh Bani Salama qabilasining boshligʻi boʻlgan. Uning „Manaf“ degan maxsus buti bor edi. Mus'ab ibn Umayr Madinaga paygʻambar alayhissalomning elchisi boʻlib kelganida Amr ibn Jamuhning toʻrt oʻgʻli va uning xotini Ummul-Muavvaz Hindlarning barchasi Islomni qabul qiladilar. Oʻgʻillari Aqoba bay’atida paygʻambarga bay’at bergan 70 sahobadan boʻlishgan. Oʻsha paytda Amr ibn Jamuh oltmish yoshda boʻlgan va farzandlarining islomni qabul qilishlaridan qoʻrqardi. Bir kuni uning oʻgʻli Muoz ibn Amr otasiga „Fotiha“ surasini oʻqib bergani uning islom diniga boʻlgan qiziqishini uygʻonadi. Uning oʻgʻillari va ularning doʻsti Muoz ibn Jabal Manafni axlatxonaga yashirincha tashlash rejasini oʻylab topadilar. Amr ibn Jamuh oʻz butini axlatxonadan topgach, juda xafa boʻlib, butni u yerdan olib, yaxshilab tozalab, joyiga qaytarib qoʻyadi. Bir necha kun uning oʻgʻillari va ularning doʻstlari Manafni qayta-qayta axlatxonaga tashlashda davom etadilar. Amr ibn Jamuh Manafga qilich qoʻyib, butdan oʻzini himoya qilishni soʻraydi. Keyin esa u butni axlatxonada yana bir bor koʻrgach, xatosini tushunib yetadi. Ibn Jamuh taqvodor musulmon kishiga aylanadi va Uhud jangida qatnashishni istaydi, lekin uning oʻgʻillari, ayniqsa, Amrning bir oyogʻi nogironligini hisobga olgan holda, uning urushda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyishmaydi. Amrning oʻzi ham jangga ruxsat berilgunga qadar paygʻambarga urushga borish uchun shikoyat qiladi va shahid boʻlgunga qadar jang qiladi.

Uhud jangida shahid boʻlganlar yuvib poklamaydi, zirh va charm kiyimlari yechib tashlanib, dafn qilinadi. Abdulloh ibn Amr ibn Haram Amr ibn Jamuh bilan bir-biriga boʻlgan mehr-muhabbati tufayli bir qabrga dafn qilinadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Amr ibn al-Jamuh“. 2009-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-sentyabr.