Anastasios „Tasos“ Bakasetas (talaffuzi: Anastasios "Tasos" Bakasetas) (grekcha: Αναστάσιος "Τάσος" Μπακασέτας) (28-iyun 1993-yilda tugʻilgan) — gretsiyalik professional futbolchi. Anastasios Bakasetas Turkiya Superligasi vakili „Trabzonspor“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi va vaqti-vaqti bilan hujumchi sifatida oʻynaydi. Anastasios Bakasetas, shuningdek, Gretsiya milliy futbol terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Anastasios Bakasetas
Bakasetas AEK Athens klubida 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anastasios Bakasetas[1]
Tavallud sanasi 28-iyun 1993-yil (1993-06-28) (30 yosh)
Tavallud joyi Corinth, Gretsiya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Trabzonspor
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2010 Asteras Tripolis
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2015 Asteras Tripolis 42 (4)
2011Thrasyvoulos (ijara) 10 (1)
2014Aris (ijara) 10 (3)
2015—2016 Panionios 43 (12)
2016—2019 AEK Athens 71 (14)
2019—2021 Alanyaspor 53 (17)
2021 Trabzonspor 64 (18)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Gretsiya U19 19 (4)
2012—2015 Gretsiya U21 4 (0)
2016- Gretsiya 53 (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 6-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Asteras Tripolis tahrir

Anastasios Bakasetas „Asteras Tripolis“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik, Anastasios Bakasetas Superliganing 2010—2011-yilgi mavsumida asosiy jamoa safiga qoʻshilgan. Anastasios Bakasetas bu mavsumda klub safida beshta oʻyinda maydonga tushdi[2]. Anastasios Bakasetasning Superligadagi debyuti 2010-yilning 28-noyabrida „ Xanthi“ futbol klubiga qarshi o‘yinda boʻldi[3].

Gretsiya kubogi doirasida Anastasios Bakasetas 2010-yil 22-dekabrda „Olympiacos“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘zining ilk asosiy tarkibdagi start oʻyinini oʻtkazdi[4].

Thrasyvoulos (ijara) tahrir

2011-yil yanvar oyi oxirida Anastasios Bakasetas Gretsiya futbol ligasi vakili „Thrasyvoulos“ futbol klubiga ijaraga berildi. Anastasios Bakasetas „Thrasyvolous“ futbol klubi uchun oʻnta liga oʻyinini oʻtkazdi. 2011-yil 28-fevralda Anastasios Bakasetas klub safida „Ethnikos Asteras“ futbol klubiga qarshi oʻyinda(2:0 hisobida gʻalaba) oʻzining birinchi golini urdi[5]. Anastasios Bakasetas 2011-yilning iyul oyida asosiy klubiga qaytdi.

Aris (ijara) tahrir

2013-yil dekabr oyi oxirida Anastasios Bakasetas „Aris“ futbol klubiga quyi ligaga tushib ketmaslikka yordam berish uchun ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Anastasios Bakasetas yangi jamoasi safidagi debyut oʻyinini mehmonda „Levadiakos“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (4:3 hisobidagi magʻlubiyat) oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda Anastasios Bakasetas ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi. Anastasios Bakasetas klub safidagi ijara muddati tugaguniga qadar yana bir gol urdi. Afsuski, Anastasios Bakasetas jamoani quyi ligaga tushib ketishidan qutqara olmadi.

Panionios tahrir

2015-yilning 28-yanvarida Anastasios Bakasetas „Panionios“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Anastasios Bakasetas klub safidagi 2015—2016-yilgi mavsumni dastlabki uchta oʻyinda ikkita gol bilan boshladi[6]. 2015-yil 17-oktyabrda Anastasios Bakasetas klub safida „Kalloni“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (2:0 hisobida g‘alaba) ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi[7].

AEK Athens tahrir

2016-yilning 8-iyunida Anastasios Bakasetas „AEK Athens“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi[8]. 2016-yil 17-sentyabrda Anastasios Bakasetas „Veria“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida g‘alaba) klubdagi birinchi golini kiritdi[9]. 2017-yilning 9-aprelida Anastasios Bakasetas o‘z maydonida „Kerkyra“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (5:0) dubl qayd etdi[10].

2017-yil 10-sentyabrda Anastasios Bakasetas 2017—2018-yilgi mavsumdagi ilk golini „AEL“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (4:0 hisobida gʻalaba) urdi[11]. 2018-yilning 22-aprelida Anastasios Bakasetas „Levadiakos“ futbol klubi darvozasiga ikki bor gol urdi. Bu ikki gol Anastasios Bakasetas jamoasiga 1994-yildan buyon ilk marta Superliga chempionligini qo‘lga kiritishga yordam berdi[12].

2019-yilning 10-yanvarida Anastasios Bakasetas „AEK Athens“ futbol klubi bilan shartnomasini 2022-yilning yoziga qadar uzaytirishga rozi boʻldi[13].

Alanyaspor tahrir

2019-yil 14-iyun kuni Anastasios Bakasetas Turkiyaning Superliga klubi „Alanyaspor“ futbol jamoasiga 1 000 000 yevroga baholangan to‘lov evaziga o‘tishga rozi bo‘ldi[14]. 2019-yil 24-avgust kuni Anastasios Bakasetas klub uchun ligadagi birinchi golini „Kasımpasa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda(4:1 hisobida gʻalaba) kiritishga muvaffaq boʻldi[15]. Anastasios Bakasetas 2020-yilning 5-fevralida Turkiya kubogi doirasidagi "Galatasaray " futbol klubiga qarshi o‘yinda (2:0) bilan gol urdi[16].

Trabzonspor tahrir

2021-yilning 30-yanvarida „Trabzonspor“ futbol klubi Anastasios Bakasetasni ijaraga oldi[17].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Mintaqa Boshqa Jami
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Asteras Tripolis 2009—2010 Gretsiya superligasi 1 0 0 0 - - 1 0
2010—2011 5 0 2 0 - - 7 0
2011—2012 9 1 1 0 - - 10 1
2012—2013 10 2 1 0 4 0 - 15 2
2013—2014 9 0 2 0 1 0 - 12 0
2014—2015 8 1 2 0 6 1 - 14 2
Jami 42 4 8 0 11 1 0 0 59 5
Thrasyvoulos (ijara) 2010—2011 Gretsiya superligasi 2 10 1 0 0 - - 10 1
Aris (ijara) 2013—2014 Gretsiya superligasi 10 3 0 0 - - 10 3
Panionios 2014—2015 Gretsiya superligasi 13 1 1 0 - 0 0 14 1
2015—2016 30 11 6 1 0 0 0 0 36 12
Jami 43 12 7 1 0 0 0 0 70 17
AEK Athens 2016—2017 Gretsiya superligasi 22 4 5 2 2 0 - 29 6
2017—2018 27 6 9 2 8 0 - 44 8
2018—2019 22 4 3 1 5 1 - 30 6
Jami 71 14 17 5 15 1 - 103 20
Alanyaspor 2019—2020 Turkiya oliy ligasi 34 10 9 4 - - 43 14
2020—2021 19 7 1 0 1 0 - 21 7
Jami 53 17 10 4 1 0 - 64 21
Trabzonspor 2020—2021 Turkiya oliy ligasi 19 6 0 0 - - 19 6
2021—2022 34 8 5 1 4 0 - 43 9
2022—2023 11 4 0 0 8 4 1 1 20 9
Jami 64 18 5 1 12 4 1 1 82 24
Jami 293 68 47 11 39 6 1 1 388 87

Xalqaro tahrir

Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2020-yil 11-oktyabr Olimpiya stadioni, Afina, Gretsiya   Moldova 1 — 0 2-0 2020—2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
2 2020-yil 15-noyabr „Zimbru“ stadioni, Kishinyov, Moldova   Moldova 2 — 0 2-0 2020—2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
3 2021-yil 25-mart Nuevo Los Karmenes, Granada, Ispaniya   Ispaniya 1 — 1 1-1 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
4 2021-yil 8-sentyabr Olimpiya stadioni, Afina, Gretsiya   Shvetsiya 1 — 0 2-1 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2021-yil 9-oktyabr Batumi stadioni, Batumi, Gruziya   Gruziya 1 — 0 2-0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
6 2022-yil 2-iyun Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya   Shimoliy Irlandiya 1 — 0 1-0 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
7 2022-yil 5-iyun Fadil Vokrri stadioni, Prishtina, Kosovo   Kosovo 1 — 0 1-0 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
8 2022-yil 9-iyun Panthessaliko stadioni, Volos, Gretsiya   Kipr Respublikasi 1 — 0 3-0 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
9 2022-yil 17-noyabr TaʼQali milliy stadioni, Malta   Malta 0-1 2-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
10 2022-yil 20-noyabr Pushkash Arena, Vengriya   Vengriya 1-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar tahrir

  1. „Anastasios Bakasetas“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
  2. „2010–11 Greek Cup statistics: Asteras Tripolis“. Uefa.com. Qaraldi: 2011-yil 15-iyul.
  3. „Match report: Asteras Tripolis vs Xanthi 1–2“. soccerway.com (2010-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 15-iyul.
  4. „Match report: Asteras Tripolis vs Olympiakos 0–1“. soccerway.com (2010-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 15-iyul.
  5. „Anastasios Bakasetas profile“. soccerway.com. Qaraldi: 2011-yil 15-iyul.
  6. „Μπακασέτας διετίας!“. www.sdna.gr (2015-yil 28-yanvar).
  7. „Πανιώνιος Ευρώπης, 2–0 την Καλλονή“. www.sport24.gr (2015-yil 17-oktyabr).
  8. „AEK FC signs Bakasetas“. 2019-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  9. Βέροια — ΑΕΚ 0-2: Και.
  10. „Πάρτι για την Ένωση!“ (el). Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
  11. „Με περίπατο στην κορυφή η ΑΕΚ“ (el). Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  12. „ΑΕΚ-Λεβαδειακός 2-0: Πρωταθλήτρια εν αναμονή“. www.onsports.gr (2018-yil 22-aprel).
  13. „Επίσημο: Ο Μπακασέτας στην ΑΕΚ μέχρι το 2022!“ (el). Qaraldi: 2019-yil 10-yanvar.
  14. „ΑΕΚ: Πάει Αλάνιασπορ ο Μπακασέτας“. www.sport24.gr (2019-yil 14-iyun).
  15. „Alanyaspor 4–1 Kasımpaşa Maç Özeti“. tr.beinsports.com (2019-yil 24-avgust).
  16. „Alanyaspor 2-0 Galatasaray“. www.haberturk.com (2020-yil 5-fevral).
  17. „Μπακασέτας: Παρουσιάστηκε επίσημα από την Τράμπζονσπορ“. www.sport24.gr (2021-yil 12-fevral).