Anastasios Charalambis (grekcha: Αναστάσιος Χαραλάμπης, 1862-yil Klavrita, 1949-yil 11-mart Afina) - XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yashab oʻtgan yunon zobiti va siyosatchisi. U 1922-yil sentyabr oyida Yunoniston uchun oʻta ogʻir davrda bir kunlik Gretsiya Bosh vaziri boʻlgan.

Biografiya tahrir

Anastasios Charalambis 1862-yilda Kalavrita shahrida tugʻilgan. U zodagon axey oilasidan chiqqan. Uning otasi Dimitrios Charalambis (1796-1879) taniqli siyosatchi boʻlgan va 1862-yilgi antimonarxistik inqilobdan keyin Dimitrios Valvis hukumatida moliya vaziri boʻlgan.

Anastasios Charalambis harbiy sohaga qiziqqan va shu sohada faoliyat olib borgan. U 1884-yilda Yevelpid harbiy maktabini artilleriya kichik leytenanti unvoni bilan tugatgan. 1897-yilda boʻlib oʻtgan "gʻalati urush"da qatnashgan.

1901-1909-yillarda Bosh shtab qoshida xizmat qilgan. 1910-yilda oʻqishni davom ettirish uchun Avstriya va Fransiyaga yuboriladi. Bolqon urushlarida podpolkovnik unvoni bilan Makedoniya frontidagi 1-diviziyaning shtab boshligʻi va polkovnik unvoni bilan Epirus frontidagi 6-divizionning shtab boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.

1914-yildan 1918-yil iyuligacha armiyani oʻz xohishi bilan tark etguniga qadar u general-leytenant unvoni bilan ketma-ket 2-armiya korpusi shtab boshligʻi, Mudofaa vazirligida artilleriya boʻlimi boshligʻi, 1-qoʻshin qoʻmondoni, diviziya, Bosh shtab boshligʻi va 2-armiya korpusi qoʻmondoni lavozimlarida xizmat qilgan. 1917-yil 26-apreldan 14-iyungacha Zaymis hukumatida Urush vazirligini boshqargan[1].

Bir kunlik Bosh vazir tahrir

1922-yil Monarxistik boshqaruv davrida Kichik Osiyoda Ekspeditsiya armiyasining magʻlubiyatga uchrashi va Ioniyaning tub aholisining qirgʻin qilinishi va quvgʻin qilinishiga olib kelganidan soʻng, qirol Konstantin 1922-yil 28-avgust Protopapadakis hukumatni tarqatib yubordi va bosh vazir lavozimini Konstantinopoldagi komissari Triandafillakosga ishonib topshirdi[2].

Biroq, tezda butun mamlakat boʻylab tarqalib ketgan armiya qoʻzgʻoloni Triandafillakos hukumatini 26-sentyabrda iste'foga chiqishga majbur qildi. Bir vaqtning oʻzida qirol Konstantin oʻz oʻgʻli, valiahd shahzoda Jorj II foydasiga taxtdan iste'foga chiqdi. Inqilobiy qoʻmita Zaimisni bosh vazir etib tayinladi.

Charalambis armiyaga chaqirilib, Zaymis hukumatiga urush vaziri etib tayinlandi. Ammo Zaimis hali ham chet elda edi. Shu sababli Krokidas Sotirios vaqtinchalik bosh vazir etib tayinlandi. Ammo Krokidas Afina tashqarisida boʻlganligi sababli, inqilobiy qoʻmita general-leytenant Charalambisni bir kunlik bosh vazir etib tayinlaydi.

Keyingi yillar tahrir

General-leytenant Charalambis 1923-yilda yoshi tufayli armiyadan demobilizatsiya qilingan. Ammo 1927-yilda Zaimisning yangi hukumati uni yana xizmatga chaqirdi va u yerda Venizelos tarafdorlari tomonidan ta'qib qilingan monarxist ofitserlarning ishlarini koʻrib chiqadigan komissiyaga raislik qildi.

Anastasios Charalambis "Yunonistonning muntazam armiyasini tashkil etish boʻyicha tarixiy eslatmalar" (hammuallif Nieder Konstantin, 1904) va "Xotiralar" (1947) kitoblarining muallifi hisoblanadi.

General-leytenant Anastasios Charalambis 1949-yil 11-martda Afinada vafot etdi.

Havolalar tahrir

  1. Χαραλάμπης, Αναστάσιος
  2. Douglas Dakin, The Unification of Greece 1770—1923, ISBN 960-250-150-2