Anastasiya Gimazetdinova
Anastasiya Dmitriyevna Gimazetdinova (1980-yil 19-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — yakkalik bahslarida ishtirok etgan oʻzbekistonlik figurachi. Uch karra Oʻzbekiston chempioni, 2008-yilda Osiyo chempioni. 1994-yilda yakkalik tartibidagi figurali uchish boʻyicha Rossiya sport ustasi (1994-yilda), Oʻzbekiston boʻyicha Xalqaro sport ustasi.
Anastasiya Dmitriyevna Gimazetdinova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
19-may 1980-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Sport | |
Qaysi sport | figurali uchish |
Sportdagi faoliyati
tahrirAnastasiya Gimazetdinovani figurali uchish seksiyasiga 5 yoshida ota-onasi olib keladi. Uning birinchi murabbiyi Natalya Serebrennikova ("Ural Trubnik" yoshlar sport maktabi, Pervouralsk) edi. Soʻng 1993-yildan buyon u Igor Ksenofontov qoʻlida shugʻullanadi. 13 yoshida u uch yil ketma-ket sport ustasi me’yorlarini bajarib, 1993-yildan 1995-yilgacha Rossiya kubogi bosqichlarida kuchli uchlikdan oʻrin oladi. Ikki marta Rossiya chempionatida ishtirok etgan. 1997-yildan Oʻzbekiston terma jamoasida ishtirok etib kelgan.
Oʻz dasturlarida Anastasiya ajoyib raqslari bilan ajralib turardi. Biroq xalqaro musobaqalarda u asosan unchalik yuqori boʻlmagan oʻrinlarni egallagan.
Anastasiyaning xalqaro maydondagi eng yuqori natijasi 1998-yilda Toʻrt qit’a chempionatida 8-oʻrin va 2007-yilgi jahon chempionatida 19-oʻrinni egallagani boʻldi. Bundan tashqari, 2005-yilda "Karl Shefer memoriali"da 7-oʻrinni egallab, Turindagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun saralangan va u yerda 29-oʻrindan joy oldi.
2008-yilgi Osiyo chempionatida (Asian Championships yoki boshqa yoʻl bilan - Asian Figure Skating Trophy) Anastasiya oltin medalni qoʻlga kiritadi.
2010-yilgi Olimpiada uchun klasifikasiyasi 2009-yili “Nebelhorn Trophy” turnirida Anastasiya 14-oʻrinni egallab, Oʻzbekistonga Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi. Ammo keyinroq yakka tartibdagi ayollar uchish boʻyicha (Olimpiada yoʻllanmalari bir qator rad etilganligi sababli Isroil, Shveysariya va Chexiya MOQlari yoʻllanmalar berishdan bosh tortgan) Oʻzbekiston bu oʻrinni qoʻlga kiritadi va Anastasiya terma jamoa tarkibiga qoʻshiladi[1]. Musobaqalarda u ikkala dastur uchun kamtarona ball oldi va atigi 23-oʻrinni egalladi. Keyingi jahon chempionatida ham xuddi shunday natija koʻrsatdi.
Anastasiyaning Olimpiya mavsumi uning faoliyatidagi soʻnggisi boʻlishiga qaramay, u qishki Osiyo oʻyinlari ishtirokchilari tarkibidan joy egalladi[2]. Ammo qisqa dastur yakunida u jarohatlanib musobaqani tark etdi.
Ayni paytda u murabbiy boʻlib faoliyat yuritadi, bundan tashqari muz shousida ham ishtirok etadi.
Sport yutuqlari
tahrir2003-yildan keyin
tahrirMusobaqa | 2003-2004 | 2004-2005 | 2005-2006 | 2006-2007 | 2007-2008 | 2008-2009 | 2009-2010 | 2010-2011 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya o'yinlari | 29 | 23 | ||||||
Jahon chempionatlari | 21 | 19 | 21 | 31 | 23 | |||
To'rt qit'a chempionati | 18 | WD | 12 | 9 | 12 | 11 | ||
O'zbekiston chempionati | 1 | 1 | 1 | 1 | ||||
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi | 7 | 11 | 12 | |||||
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy | 11 | |||||||
Gran-pri bosqichlari: Trophee Erik Bompard | 12 | 8 | ||||||
Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi | 11 | |||||||
Nebelhorn Trophy | 12 | WD | 14 | |||||
Qishki Osiyo o'yinlari | 6 | WD | ||||||
Karl Shefer xotirasi | 7 | |||||||
Ondrej Nepela xotirasi | 15 | |||||||
Ice Challenge | 9 | |||||||
Skate Isroil | 4 | |||||||
NRW kubogi | W.D. | |||||||
Osiyo chempionati | 1 |
2003-yilgacha
tahrirMusobaqa | 1997-1998 | 1998-1999 | 1999-2000 | 2000-2001 | 2001-2002 | 2002-2003 |
---|---|---|---|---|---|---|
Jahon chempionatlari | 28 | 23 | ||||
To'rt qit'a chempionati | 8 | 12 | 26 | 14 | 9 | |
O'zbekiston chempionati | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 1 |
Qishki Osiyo o'yinlari | 5 | 6 | ||||
Zagreb Gold Skate | 6 | 10 | ||||
Yelena Pajovich kubogi | 2 | |||||
Ondrej Nepela xotirasi | 8 | 8 | ||||
Karl Shefer xotirasi | 8 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Узбекистан на Олимпиаде в Ванкувере представят три спортсмена“. 2010-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-fevral.
- ↑ Определился состав команды Узбекистана на Зимние Азиатские игры[sayt ishlamaydi]