Anastasiya Aleksandrovna Stotskaya (ukraincha: Анастасія Олександрівна Стоцька; 1982-yil 7-oktyabr, Kiyev, Kiyev viloyati, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik va rossiyalik qoʻshiqchi va aktrisa, „Shaxmat“ myuziklidagi Florens Vassi roli uchun „Zolotaya maska“ („Oltin niqob“) teatr mukofoti laureati (2022)[1].

Anastasiya Stotskaya
Tavalludi Anastasiya Aleksandrovna Stotskaya
7-oktyabr 1982-yil (1982-10-07) (42 yosh)
Janrlar pop, myuzikl, drama
Kasbi aktrisa, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2000-yildan hozirgacha
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina Rossiya bayrogʻi Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Aleksey Sekirin
Veb-sayt stotskaya.ru

Hayoti

tahrir

Anastasiya 1982-yil 7-oktyabrda Kiyevda tugʻilgan. Oʻz faoliyatini toʻrt yoshida „Kiyanochka“ vokal-xoreografik ansamblida boshlagan, musiqa maktabida oʻqigan, surnay va pianino chalishni oʻrgangan. Besh yoshidan boshlab mamlakatdagi mashhur bolalar musiqiy guruhlari tarkibida gastrollarda boʻladi.

Anastasiya 1992-yilgacha Kiyevda yashaydi[2], akasi GITISga oʻqishga kirgach, qoʻshiqchi oilasi bilan Mitishchi qishlogʻining ishchilar hududiga, 1993-yilda esa Moskvaga koʻchib oʻtadi. Anastasiya Moskvadagi Luna teatrining xoreografiya studiyasida oʻqiydi, „Fanta — Infanta“ bolalar spektaklida balerina, pari, loʻli, gusar va qora yulduz rolini oʻynaygan, Pyatnitskiy nomidagi xalq xori aʼzolari bilan birga chiqishlarda qatnashgan, parallel ravishda Rossiya boʻylab, yaqin va uzoqdagi xorij davlatlaridagi gastrollarda ishtirok etgan. 1998-yilda musiqa va xoreografiyani chuqurlashtirib oʻtadigan maktabni tamomlaydi. 2003-yilda Rossiya teatr sanʼati akademiyasining aktyorlik fakultetini (badiiy rahbar S. B. Proxanov) „Teatr va kino aktrisasi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Faoliyati

tahrir

Professional sahnadagi birinchi ishi 18 yoshida „Notre-Dame de Paris“ myuziklidagi Flyor-de-Lis roli boʻlgan. Uchinchi kursligida Anastasiya Luna teatrida Vladimir Nabokovning „Kamera obskura“ romani asosidagi „Gubi“ („Lablar“) myuziklida rol oʻynaydi, uning qobilayatini myuziklda boʻlgan Filipp Kirkorov seizb qolib, 2002-yilda Stotskayaning prodyuseriga aylanadi. Dastlab Kirkorov uni „Chikago“ myuzikli kastingiga taklif qiladi, soʻngra uning rahbarligida Stotskaya mashhur radiostansiyalar xit-paradlarida yetakchi oʻrinlarni egallagan yakkaxon loyihasi uchun birinchi qoʻshiqlarini yozadi. 2003-yilda Yurmalada boʻlib oʻtgan xalqaro „New Wave 2003“ yosh ijrochilar tanlovida qatnashib, gran-prini qoʻlga kiritadi. Tanlovdagi muvaffaqiyatiga „Canʼt take my eyes“ xiti va „Venki-reki“ qoʻshigʻi sabab boʻlgan. 2003-yildan 2004-yilgacha Anastasiya Rossiya Federatsiyasi hamda yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida uch yuzdan ortiq konsertlar beradi. 2004-yilda Anastasiya „Day mne 5 minut“ qoʻshigiʼini, Filipp Kirkorov bilan birgalikda „I ti sjajesh…“ qoʻshigʻini, Londonda Stiven Bud boshchiligida „Tease“ qoʻshigʻini chiqaradi. 2005-yilda Anastasiya "Eurovision 2005" qoʻshiq tanlovining Rossiyadagi saralash bosqichida „Shadows dance all around me“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, uchinchi oʻrinni egallaydi. 2005-yilda Anastasiya D.Tuxmanovning mashhur diski chiqqanining 30 yilligiga bagʻishlangan, STS telekanalining „Po volne moey pamyati“ loyihasida rol oʻynab, unda „Smyateniye“ qoʻshigʻini ijro etgan. 2007-yilda Anastasiya „Sirk so zvyozdami“ („Yulduzlar bilan sirk“) televizion loyihasida ishtirok etadi. 2008-yilda Anastasiya „Delayu vid“ innovatsion loyihasi ustida ishlab, pop-soul, jazz va fank uslubidagi xitlarni ijro etgan. 2009-yilda Anastasiya „Lyubov bolshom gorode“ („Katta shahardagi sevgi“) filmi uchun Kirkorovning „Prosta podari mne“ qoʻshigʻining klipida rol oʻynaydi. 2010-yilda dzyudochi Aleksey Ledenev bilan birgalikda „Tansi so zvyozdami“ („Yulduzlar bilan raqs“) shousida gʻoliblikka erishgan. 2013-yil martdan maygacha Birinchi kanalning „Odin v odin!“ shousida ishtirok etib, finalga chiqadi, finalda Pugachova obrazida 5-oʻrinni egallaydi va Jenshina kotoraya poyot" qoʻshigʻini ijro etadi. 2011-yilda Anastasiya Stotskaya Ukrainaning „Zvezda plus zvezda“ (Zirka plyus zirka) shousida rol oʻynaydi va unda Oskar Kuchera bilan qoʻshiq kuylaydi. 2016-yilda „Rossiya-1“ kanalidagi „Odin v odin!“ shousining 4-mavsumida ishtirok etadi va 7-oʻrinni egallaydi. 2024-yilda NTV telekanalining „Novogodnaya maska“ („Yangi yil niqobi“) koʻrsatuvida boychechak obrazida ishtirok etgan[3]. 2024-yilda NTV telekanalidagi „Maska“ shousining beshinchi mavsumida Matryoshka obrazida ishtirok etadi. 2024-yil 28-aprelda efirga uzatilgan oʻn birinchi epizodda Matryoshkaning niqobi ochildi.

Shaxsiy hayoti

tahrir
  • Birinchi eri Aleksey Sekirin, aktyor. Oʻzaro munosabatlari 1998-yilda boshlangan. 2003-yilda ular yashirincha turmush qurishdi, ammo besh yildan keyin ajralishadi.
  • Ikkinchi eri Sergey Abgaryan restoran biznesi bilan shugʻullanadi. Oʻzaro munosabatlari 2010-yildan 2019-yilgacha davom etgan. Rasmiy ajralish 2023-yil mart oyida boʻlib oʻtgan[4].
    • Oʻgʻli Aleksandr (2011-yil 16-iyulda tugʻilgan).
    • Qizi Vera (2017-yil 5-iyulda tugʻilgan)[5].
  • 2021-yildan myuzikllar artisti Aleksandr Kazmin bilan uchrashib kelmoqda[6].

Oilasi

tahrir
  • Buvisi — Tatyana Pavlovna Maykova (1924 -yil 27-sentyabr—2017-yil[7]), rassom[8].
  • Onasi — Anna Semyonovna Stotskaya (qizlik familiyasi Maykova, 1957-yil 22-fevralda tugʻilgan), rassom.
  • Otasi — Aleksandr Dmitriyevich Stotskiy (1957-yil 18-dekabrda tugʻilgan), reanimatolog[9].
  • Akasi — Pavel Sergeyevich Maykov (1975-yil 15-oktyabrda tugʻilgan), aktyor.
  • Jiyani — Daniil Maykov (2003-yilda tugʻilgan).

Diskografiyasi

tahrir
  • Anastasiya Stotskaya (2003)
  1. Muzika i ya
  2. Vlyublyonnaya dusha (F. Kirkorov bilan duet)
  3. Veni-reki
  4. Posmotri v moi glaza (Canʼt take my eyes)
  5. Oranjevaya pesnya
  6. Ya eto nikomu ne otdam
  7. Veni-reki
  • Day mne pyat minut (2004)
  1. Day mne pyat minut
  2. I ti skajesh (F. Kirkorov bilan duet)
  3. Letka-enka
  4. Day mne pyat minut
  5. I ti skajesh

Manbalar

tahrir
  1. „Официальный сайт премии «Золотая маска» сезона 2020-2021 гг.“ (2022-yil 19-aprel). 2022-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  2. „Анастасия Стоцкая учит украинский язык // KP.UA“. 2013-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  3. Jyuri raskrilo 8 masok v „Novogodney Maske 2024“ // Комсомольская правда
  4. Марина Полежаева. „Спустя 4 года после расставания Стоцкая официально развелась с мужем“ (ru). www.woman.ru (2023-yil 20-mart). 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
  5. „Анастасия Стоцкая во второй раз стала мамой“. www.zirki.odnoboko.com. 2017-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  6. „Instagram post“. www.instagram.com. Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
  7. „Майкова Т.П. (1924-2017)“. Ярославское областное отделение Всероссийской творческой общественной организации «Союз художников России». Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.
  8. „Майкова Татьяна Павловна. Собрание живописи Красноармейской картинной галереи“. 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  9. „Стоцкая подарки без повода не принимает“. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-mart.

Havolalar

tahrir