Anatoliy Adali – oʻzbeklardan chiqqan Qirg'iziston xalq artisti.

Anatoliy Adali
Toʻlqinjon Ahmadaliyev
Tavalludi 17-aprel 1942-yil (1942-04-17) (82 yosh)
Fuqaroligi Qirgʻiziston
Millati Oʻzbek

Hayoti

tahrir

Anatoliy Adali (oʻzbekcha Toʻlqinjon Ahmadaliev Qurbonovich) 1941-yil 17-aprelda Margʻilon shahrida tugʻilgan. Otasi urush yillarining boshida vafot etgan. U bolalar uyida tarbiyalangan. Yoshlik chogʻidan sportning voleybol, boks turlari bilan shugʻullangan. Toshkentdagi Jismoniy tarbiya institutiga topshirgan. Kutilmaganda. birdan akter boʻlishni xohlab qolgan. Toʻlqinjon maktabni bitirgach Chelyabinskdagi (Rossiya) Trotskiy GESida qurulishda ishlagan. 1961-1964 yillari Belorusiyada Raketa havo harbiy kuchlari armiyasida xizmat qilgan. 1968-yili Toshkentdagi A.Ostrovks nomidagi badiiy-teatrlik institutini tamomlagan. Chimkent, Asrtaxan, Kostrom, Ijevskdagi bir qator teatrlarda ishlagan. Bishkekdagi Rus drama teatrida 1981-yildan boshlab faoliyat olib borgan. U 30 yildan oshiqroq oʻz faoliyati davomida 150dan oshiq turli salbiy-ijoviy, rang-barang rollarni ishtirok etgan. 2011-yili Rus drama teatrida 70 yillik yubileyini nishonlagan. Anatoliy Adali ikki farzandning otasi va uch nabiraning buvasi.

Ijodi davomida bir qator rollarni ijro etgan. Asosiy ijro etgar rollari:

  • Don Karlos – Shiller Fridrix „Don Karlos“
  • Sil’va – Vampilov Alexanr Valentinovich „Toʻngʻich farzand“
  • Protopopov – Aleksey Tolstoy „Zagovor Inperatritsy“
  • Don Sessar – Kal’deron „Koʻrinmas chavandoz“
  • Glumov – Ostrovskiy Aleksandr Nikolaevich „Koʻp pullar“
  • Dulebov – Ostrovskiy Aleksandr Nikolaevich „Isteʼdod va muxlis“
  • Baxl – Mol’er „Baxl“

Rejissorlik

tahrir

(Qirg'iziston xalq atristi Vladimir Skoropis' bilan birgalikda)

  • Nokcha
  • Fransuzcha ajrashish
  • Salom Parij
  • Kadril'
  • Ixtiroli sevilgan
  • Mal’vina bilan tun
  • Chingizxon olib ketgan sir

Mukofotlari

tahrir

Anatoliy Adali:

  • 1990-yili Qirg'izistonda xizmat koʻrsatgan artist;
  • 2000-yili Qirg'iziston xalq artisti;
  • „Mehnat faxriysi“ medal’i bilan taqdirlangan;

Havolalar

tahrir