Anatoliy Anatolyevich Aleksandrov (1934-yil 14-noyabr, Leningrad, SSSR – 1994-yil 15-avgust) – sovet va rus adabiyotshunosi, filologiya fanlari nomzodi. Daniil Charms (talaffuzi: Danil Xarms) va Oberiutlar ishlari boʻyicha mutaxassis. Anatoliy SSSRda 1927-yildan keyin 1965-yilda Charmsning „vzroslix“ asarining birinchi nashriyotchisi.

Anatoliy Aleksandrov
Tavalludi 14-noyabr 1934-yil
Leningrad, SSSR
Vafoti 15-avgust 1994-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi adabiyotshunoslik
Ish joylari

Sankt-Peterburg davlat madaniyat instituti

A. I. Gertsen nomidagi Leningrad davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi fan nomzodi
Ilmiy unvoni dotsent
Akademik rahbarlari V. A. Kovalyov

Biografiyasi tahrir

Anatoliy Aleksandrov 1934-yil 14-noyabrda Leningradda tavallud topgan[1].

Anatolyevich A. I. Gertsen nomidagi Leningrad davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan[1].

Universitetni tugatgandan soʻng, 1958-yil avgustdan 1960-yil avgustigacha Qirgʻiziston SSRdagi Janiy-Alish oʻrta maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Anatoliy 1960-yil sentyabrdan 1962-yil oktyabrgacha Leningrad temir yoʻl transporti kollejida dars bergan[1].

Adabiyotshunos 1962-yil oktyabrdan 1965-yil dekabrgacha SSSR Fanlar akademiyasi Rus adabiyoti instituti Sovet sektori aspiranturasida V. A. Kovalyov ilmiy rahbarligida tahsil olgan. 1966-yil yanvardan 1970-yil sentyabrgacha A. S. Pushkinning Butunittifoq muzeyida „Pushkin i sovremennost“ boʻlimi mudiri boʻlib faoliyat yuritgan[1].

1969-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Russkaya sovetskaya poema 30-x godov“[1] mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Anatoliy Aleksandrov 1970-yil sentyabrdan 1972-yil sentyabrgacha Oliy partiya maktabida, 1972-yil oktyabrdan 1973-yil oktyabrgacha N. K. Krupskaya nomidagi Leningrad davlat madaniyat institutida dars bergan. 1973-yil dekabr oyida professor M. A. Bonch-Bruyevich nomidagi Leningrad elektrotexnika aloqa institutining rus tili kafedrasida assistent sifatida ish boshlagan, u yerda 1978-yilda dotsent vazifasini bajaruvchi, 1980-yil iyun oyida dotsent va keyinchalik kafedraga rahbarlik qilgan[1].

Adabiyotshunos olim 1959-yilda asarlarini nashr etishni boshlagan. 1983-yilga kelib, Aleksandrovning 70 dan ortiq asarlari nashr etilgan[1].

Anatoliy Aleksandrov 1927-yildan keyin SSSRda Daniil Charmsning „vzroslix“ asarlarining birinchi nashriyotchisi hisoblangan[1]. 1965-yilda „Den poezii“ toʻplamida „Dva stixotvoreniya Xarmsa“ maqolasi nashr etilgandan soʻng, Aleksandrovning tadqiqot ishlarining asosiy mavzusi Charms va Oberiutlarning adabiy asari boʻlgan. Charmsning „Detskoy“ va „vzrosloy“ sheʼriy va nasriy kitoblari „Polot v nebesa“ (1988) va „Tigr na ulitse“ (1992) nashriga tayyorlangan[1].

1960-yillarning oʻrtalarida Charms arxivini saqlagan Yakov Druskin arxivni tahlil qilish uchun Anatoliy Aleksandrov va Mixail Meylaxni jalb qilgan. Charmsning ishini oʻrganish 1967-yilda Aleksandrov va Meylaxning Tartu universitetida oʻtkazilgan XXII talabalar ilmiy konferensiyasida „Tvorchestvo Daniila Xarmsa“ maʼruzasi bilan boshlangan[2][3].

Aleksandrov Charms va Oberiutlardan tashqari zamonaviy adabiy jarayon, sovet nasri, 1920–30-yillardagi rus avangard shoirlari bilan shugʻullangan. 1987-yilda „Blok v Peterburge-Petrograde“ kitobini nashr etgan. Rus tili va adabiyoti boʻyicha bir qancha oʻquv qoʻllanmalar yozgan[1].

Anatoliy Aleksandrov 1994-yil 15-avgustda vafot etgan[1].

Oilasi tahrir

  • Ota-onasi
    • Otasi Anatoliy Anatolyevich Aleksandrov, sanoat muhandisi[1].
    • Onasi Nadejda Iosifovna Massalskaya, uy bekasi[1].
  • Xotini Tatyana Georgiyevna Aleksandrova.

Ijodiy va jamoat tashkilotlarida ishtirok etish tahrir

  • SSSR Yozuvchilar uyushmasining tanqid boʻlimi aʼzosi (1988-yil 22-noyabrdan)[1].

Bibliografiyasi tahrir

 

Muallifi
  • Aleksandrov A. A. Blok v Peterburge – Petrograde. – L.: Lenizdat, 1987. – 236 s. – (Vidayuщiesya deyateli nauki i kulturi v Peterburge – Petrograde – Leningrade).
Maqolalar muallifi, tuzuvchi, sharhlovchi
  • Xarms D. Polyot v nebesa: Stixi. Proza. Drami. Pisma / Vstupitelnaya statya, sostavlenie, podgotovka teksta i primechaniya A. A. Aleksandrova; Xudojnik L. Yasenko. – L.: Sovetskiy pisatel, 1988. – 558 s. – (Nasledie). – 50 000 ekz. – ISBN 5-265-00255-3.
  • Vanna Arximeda: Sbornik / Sostavlenie, podgotovka teksta, vstupitelnaya statya, primechaniya A. A. Aleksandrova. – L.: Xudojestvennaya literatura, 1991. – 496 s. – 100 000 ekz. – ISBN 5-280-01832-5.
  • Xarms D. Tigr na ulitse: Stixi, rasskazi, sirkovoe predstavlenie: [Dlya mladshego shkolnogo vozrasta] / Sostavil, podgototovil teksti i rasskazal o D. Xarmse A. Aleksandrov; Xudojnik O. Gorsunov. – SPb.: Litsey, 1992. – 187 s. – 50 000 ekz. – ISBN 5-08-000094-5.

Maqolalari

  • Aleksandrov A. A., Meylax M. B. Tvorchestvo Daniila Xarmsa // Materiali XXII nauchnoy studencheskoy konferensii: Poetika. Istoriya literaturi. Lingvistika. – Tartu: Tartuskiy universitet, 1967.
  • Aleksandrov A. Materiali D. I. Xarmsa v rukopisnom otdele Pushkinskogo Doma // Yejegodnik rukopisnogo otdela Pushkinskogo Doma na 1978 g.. – L., 1980.
  • Aleksandrov A. A. Chudodey (Lichnost i tvorchestvo Daniila Xarmsa) // Xarms D. I. Polyot v nebesa: Stixi. Proza. Drami. Pisma. – L.: Sovetskiy pisatel, 1988. – S. 7—51.
  • Aleksandrov A. Mesto smerti Daniila Xarmsa – ? // Literaturnaya gazeta. – 21 fevralya 1990 goda. – № 8.
  • Aleksandrov A. Pravdiviy pisatel absurda // Xarms D. I. Proza. – L.—Tallinn, 1990.
  • Aleksandrov A. A. Evrika oberiutov // Vanna Arximeda. – L.: Xudojestvennaya literatura, 1991.
  • Aleksandrov A. Neokonchennie dramaticheskie proizvedeniya Daniila Xarmsa // Teatr. – 1991. – № 11.
  • Aleksandrov A. A. Ob izdaniyax Daniila Xarmsa. Pismo v redaksiyu // Voprosi literaturi. – 1992. – Vip. 1. – S. 349—355.
  • Aleksandrov A. O pervix literaturnix opitax Daniila Xarmsa // Russkaya literatura. – 1992. – № 3. – S. 155—158.
  • Aleksandrov A. A. Materiali o Daniile Xarmse i stixi ego v fonde V. N. Petrova // Yejegodnik Rukopisnogo otdela Pushkinskogo Doma na 1990 god. – SPb.: Akademicheskiy proekt, 1993.
  • Aleksandrov A. A. Materiali D. I. Xarmsa v Rukopisnom otdele Pushkinskogo Doma // Yejegodnik Rukopisnogo otdela Pushkinskogo Doma na 1978 god. – L.: Nauka, 1993. 

Manbalar tahrir

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 „Александров Анатолий Анатольевич“. Архивы Санкт-Петербурга. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-aprel.
  2. Гладких Н. В.. Эстетика и поэтика прозы Д. И. Хармса: Автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата филологических наук. Специальность ВАК РФ 10.01.01, Томск, 2000. 
  3. Кобринский А. А.. Даниил Хармс, 5000 экз, Жизнь замечательных людей, М.: Молодая гвардия, 2008 — 488 bet. ISBN 978-5-235-03118-0. 

Havolalar tahrir