Anatoliy Naumovich Kuzmin (1924-yil 19-oktyabr Verx-Anuyskoye, Oltoy oʻlkasi – 1992-yil 04-iyun, Samarqand, O'zbekiston) – sovet armiyasi kichik serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945)[1].

Anatoliy Naumovich Kuzmin
Tavalludi 19-oktyabr 1924-yil
Verx-Anuyskoye, Oltoy oʻlkasi
Vafoti 4-iyun 1992-yil(1992-06-04)
(67 yoshda)
Samarqand, O'zbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni Kichik serjant
Jang/urush Ulugʻ Vatan urushi, Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Anatoliy Naumovich Kuzmin 1924-yil 19-oktyabrda Verx-Anuyskoye qishlogʻida (hozirgi Oltoy oʻlkasining Bystroistokskiy tumani) tugʻilgan. U oilasi bilan 1930-yilda Biyskga, 1938-yilda Ashxobodga koʻchib oʻtdi. Oʻrta maktabni tamomlagan. 1942-yilda Kuzmin Qizil armiya safiga chaqirildi. Oʻsha yilning sentyabr oyidan Ulugʻ Vatan urushi frontlarida xizmat qildi. Stalingrad, Don, Janubi-gʻarbiy 1 va 2-Ukraina frontlaridagi janglarda qatnashgan. U Ulugʻ Vatan urushining Stalingrad jangida, Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi va Polshani ozod qilishda ishtirok etgan.

1945-yil yanvar oyiga kelib kichik serjant Anatoliy Kuzmin 1-Belorussiya fronti 47-armiyasining 60-piyoda diviziyasi 1281-piyoda polkida xizmat qilgan. U Visla-oder operatsiyasida qatnashdi. 1945-yil 15-16-yanvarda Kuzmin Germaniya mudofaasini yorib oʻtishda hamda Novy Dvor Mazovetski shahri yaqinidagi Visla daryosini kesib oʻtishda qatnashdi va dushmanning bir nechta oʻq otish nuqtalarini yoʻq qildi. Daryoning gʻarbiy sohilidagi koʻprikda u nemislarning qarshi hujumlarini qaytardi, ogʻir yaralandi, ammo jangni davom ettirdi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan „Visladan oʻtishda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ kichik serjant Anatoliy Kuzmin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Lenin ordeni va Oltin yulduz medali ham taqdim etildi.

U uzoq vaqt kasalxonada davolandi. 1947-yil sentyabr oyida nogironligi sababli demobilizatsiya qilindi. 1949-yilda Kuzmin Ashxobod yuridik maktabini tamomlagan, soʻngra Pyatigorsk va Barnaul prokuraturalarida ishlagan[2][3]. 1961-yildan Samarqand shahrida yashab mehnat faoliyatini olib bordi.

Anatoliy Kuzmin 1992-yil 4-iyunda vafot etgan va Samarqand harbiy qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlar tahrir

Anatoliy Kuzmin 1-darajali Vatan urushi ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir