ʻPyatigorsk — Rossiya Federatsiyasi Stavropol oʻlkasidagi shahar (1830-yildan). Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneologik va balchiq kurorti. Podkumok daryosi boʻyida, Mashuk togʻi yon bagʻrida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 133,3 ming kishi (1998). Sanoati, asosan, kurort ehtiyoji uchun xizmat qiladi (oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari), shuningdek, elektromexanika va qishloq xoʻjaligi mashinalari zavodlari bor. Pedagogika va farmatsevtika institutlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, M.Yu. Lermontov davlat muzey-qoʻriqxonasi mavjud.

Yozi iliq (iyulning temperaturasi 22°), qishi moʻʼtadil yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°); yillik yogʻin 475 mm. Harakat va tayanch organlari, mar-kaziy va periferik asab sistemasi, teri, ginekologik kasalliklar, shuningdek, yurak-tomir sistemasi, hazm organlari kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Davolash vannalari bor. Tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan „Eol arfasi“ shiyponchasi (1828), „Diana groti“ (1830—31) mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil