Anatoliy Genrihovich Nayman (1936-yil 23-aprel, Leningrad – 2022-yil 21-yanvar, Moskva) rus shoiri, tarjimon, esseichi, prozaik, nasrnavis.

Anatoliy Nayman
Tavalludi 1936-yil 23-aprel
Vafoti 2022-yil 21-yanvar
Moskva, Rossiya
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya

Biografiyasi

tahrir

Anatoliy Nayman 1936-yil 23-aprelda Leningradda yahudiy oilasida dunyoga kelgan. Otasi muhandis, Tolstoy gʻoyalariga sodiq Genrix Kopelevich Nayman (1902-1976), onasi – shifokor Asya Davidovna Nayman (qizlik familiyasi Averbux, 1909-1992) edi. Ulugʻ Vatan urushi paytida ota-onasi va ukasi Lev (1940-yilda tugʻilgan) bilan birga Sverdlovskka evakuatsiya qilingan[1][2][3][4].

Shoir 1953-yilda 222-sonli oʻrta maktabni (ilgari Petrishule deb atalgan) hamda 1958-yilda Leningrad texnologiya institutini va Moskvadagi Oliy ssenariy kurslarini tamomlagan.

1954-yildan boshlab sheʼrlar yoza boshlagan. 1950-yillarning oxiri – 1960-yillarning boshida Leningradda taxallus ostida bir nechta hikoya va sheʼrlarini eʼlon qilgan. Oʻrta asr fransuz va provans sheʼriyatidan koʻplab tarjimalar muallifi, jumladan „Roman o Lise“, trubadurlar, truverlar va boshqa asarlarni tarjima qilgan.

Anatoliy 1959-yilda Anna Axmatova bilan tanishdi. 1963-yildan boshlab Jakomo Leopardi asarlarini tarjima qilishda hammuallif va adabiy kotib sifatida faoliyat yurita boshladi. Anna Axmatova shoir haqida shunday degan edi: „Uning sheʼriyatga munosabatida qandaydir jiddiylik va vazmin iffat bor“. Naymanning „Anna Axmatova haqida hikoyalar“ (1989) kitobi kechki sovet davrining muhim adabiy hodisasiga aylandi[5].

1969-yildan boshlab Moskvada istiqomat qilgan. Sovet Ittifoqida 1989-yilgacha asosan uning tarjimalari nashr etilgan, biroq samizdatda „Sentimental marsh“ sheʼriy toʻplami, shuningdek, „Shaxsiy mavzudagi sheʼrlar“ va „Sentyabr dostoni“ kabi asarlari tarqalgan. Nayman hech qachon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlmagan, 1989-yilda esa Fransiya Pen-klubiga aʼzo boʻlgan.

1970-yilda „Ajoyib bola“ bolalar filmi uchun yaratilgan qoʻshiqlarning sheʼrlarini yozgan (TO „Ekran“, rejissyor Aleksandr Orlov). Bu qoʻshiqlarni Alla Pugachyova ijro etgan.

Yozuvchi postsovet davrida avtobiografik nasrga eʼtibor qaratdi. Unda sovet davridagi Leningrad sheʼriy madaniyatiga va yoshlik doʻstlariga (jumladan, Iosif Brodskiyga) koʻp oʻrin berilgan. 2011-yil oktyabrda Axmatova haqidagi kitobi va „rus sheʼriyatiga sadoqati“ uchun Sarskoye Selo badiiy mukofotiga sazovor boʻldi[6].

2022-yil 17-yanvarda Oliy Iqtisodiyot Maktabidagi Axmatova-Mandelshtam konferensiyasida Axmatova haqida maʼruza qilayotgan paytda Anatoliy Nayman ogʻir insultga duch keladi. U faqat bir necha jumlani aytishga ulgurgan, xolos. 21-yanvarga oʻtar kechasi Moskva shahrining kasalxonalaridan birining reanimatsiya boʻlimida hayotdan koʻz yumdi. Anatoliy Naymanning dafn marosimi 24-yanvar kuni Krasnoye selodagi Pokrov cherkovida oʻtkazildi. U „Rakitki“ qabristoniga oʻgʻli yoniga dafn etildi[7].

Manbalar

tahrir
  1. Asya Davidovna Averbux v evakuatsionnix spiskax (1942)
  2. Genrix Kopelevich Nayman v evakuatsionnix spiskax (1942)
  3. Anatoliy Nayman v evakuatsionnix spiskax (muzey Yad Vashem, Ierusalim)
  4. Lev Nayman v evakuatsionnix spiskax (1942)
  5. O ROZYe VYeTROV V MORYe POEZII. Poeticheskie techeniya modernizma: akmeizm. Mandelshtam i akmeisti novoy volni | Igor Belavin | Laboratoriya slova | Topos – literaturno-filosofskiy…
  6. „Царскосельская художественная премия вручена в Санкт-Петербурге“ (ru). Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  7. „Anna Narinskaya“ (ru). Facebook. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.