Anatomiya (grekcha soʻzdan olingan boʻlib, kesish, kesib ochish degan maʼnolarini bildiradi) biologiyaning boʻlimi boʻlib, odam tanasining qismlarini va joylashishini organadi. Anatomiya ikki asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, Umumiy Anatomiya va Histologiyadan iborat. Umumiy anatomiyada koʻz bilan koʻrib boladigan qismlar oʻrganilinadi, va gistologiyada mikroskop bilan koʻrish kerak boʻlgan qismlar oʻrganilinadi. Umumiy anatomiya yana bir qancha boʻlimlarga boʻlingan: hayvon anatomiyasi, oʻsimlik anatomiyasi va odam anatomiyasi.

Vesalius-copy.jpg


Anatomiya – ayrim a’zolar, si-stemalar va butun organizmning shakli va tuzilishini oʻrganadigan fan; mor-fologiyaning bir qismi (qarang Hayvonlar morfologiyasi, Oʻsimliklar morfolo-giyasi). A. hayvonlar A.si (zootomiya) va oʻsimliklar anatomiyasi (fitotomiya)ga boʻlinadi. Hayvonlar A.sidan odam A.si (antropotomiya) ajratiladi. Odam va hayvonlar organizmi evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini oʻrganadigan qiyosiy (solishtirma) A. ham bor. "A" termini koʻproq odam A.sini ifoda-lash uchun ishlatiladi. Odam A.siga inson organizmi faoliyati haqidagi fan – fiziologiya bilan bir butun holda qaraladi. A. har bir a’zoning kishi jinsi va yoshiga qarab oʻzgarish xususiyatlarini, atrof muhit hamda mehnat fao-liyatining a’zolar tuzilishi, vazifasiga ta’sirini ham oʻrganadi. Dastlab har bir a’zo alohida-alo-hida oʻrganilgan boʻlsa, keyinchalik a’zolarning oʻzaro munosabatlarini, ularning bir siste-maga birlashish qonuniyatlarini, orga-nizm bir butun boʻlib, uni tashqi muhit bilan chambarchas bogʻliqligini, a’zolarning shakli bilan funksiyasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni hisobga olgan holda oʻrganila boshlandi.A.ga oid dastlabki ma’lumotlar eng qadimgi xitoy va hind asarlarida, shuning-dek Gippokrat, Aristotel (Arastu) asarlari va ayniqsa Aleksandriya makta-bi vakillarining asarlarida uchraydi. Keyinchalik Abu Ali Ibn Sinoning 5 jildli "Tib qonunlari" asarida tib-biyotning barcha sohalariga, xususan A.ga oid mukammal ma’lumot berildi. Ita-lyan rassomi Leonardoda Vinchi mur-dani yorib tekshirib normal A.ning bir qadar mufassal tavsifini bergan. Hozirgi zamon A.si Uygʻonish davridan, ya’ni yev-ropalik anatom-olim A. Vezaliy mur-dalarni yorib tekshirib, odam tanasi tuzilishining toʻliq, sistematik va aniq 470tavsifini bergan vaqtdan boshlanadi. A. umuman normal a’zo va toʻqimalarning shakli va tuzilishini oʻrgangani uchun normal A. deb ataladi. Normal A., or-ganizmning funksional sistemalariga muvofiq ravishda suyaklar haqidagi ta’-limot – osteologiya, boʻgʻimlar haqidagi ta’limot – artrologiya, muskullar haqidagi ta’limot – miologiya, ichki a’zolar haqidagi ta’limot –splanx-nologiya, qon aylanish va limfa siste-masi haqidagi ta’limot – angiologiya, markaziy va pereferik nerv sistemasi haqidagi ta’limot – nevrologiya, sezgi a’zolari haqidagi ta’limot – estezio-logiya va ichki sekresiya bezlari haqidagi ta’limot – endokrinologiyatg boʻlinadi. A.dan quyidagi fanlar ajralib chiqqan: gistologiya (a’zo va toʻqimalarning mi-kroskopik tuzilishini oʻrganadi); pato-logik A. (kasallik oqibatida oʻzgargan a’zo va toʻqimalarning shakli va tuzi-lishini oʻrganadi), topografik yoki ama-liy A. (xirurgik A. ham deyiladi, odam tanasida a’zo va toʻqimalarning joyla-nishini oʻrganadi). Bundan tashqari, va-zifasi tasviriy san’at (rassomchilik, haykaltaroshlik) uchun odam gavdasining tashqi koʻrinishini tasvirlab berishdan iborat boʻlgan plastik A., a’zolarning shakllari va tuzilishini ularning fa-oliyati bilan bogʻliq holda oʻrganadigan funksional yoki nazariy A., yosh A.si va boshqa A.lar ham bor.Miyaning faoliyati bilan bogʻliq holda uning noziq tuzilishi, qon va limfa to-mirlarining nerv bilan ta’minlanishi, bir qismi ishdan chik,-qan qon aylanish sistemasining tiklanish (kompensatsiya) qobiliyati va boshqa masalalar ham A.ning tadqiqot mavzuidir.A.ning asosiy va eng qadimgi oʻrganish usulidan foydalanilgan, bora-bora ke-sib preparatlar tayyorlash, arralash, qon tomirlarga turli suyukliklar yuborish, rentgen nuri va mikroskopii qoʻllash usullari joriy etildi: tirik odamda esa paypaslab koʻrish, perkussiya (barmoq yoki bolgʻacha bilan urib oʻrganish) yoki au-skultatsiya (eshitib koʻrish) usullari qoʻllanila boshlandi. Bundan tashqari, A. (proyeksion A.) hayvonlar va sogʻlom odamlarda (tashqi belgilarga qarab) chuqurroq yotgan a’zolarning joylanishini tajriba yoʻli bilan aniqlaydi.Oʻzbekistonda A. fanining haqiqiy rivoji 1940–50 yillarga toʻgʻri keladi. Oʻzbek olimlaridan H. 3. Zohidov markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzili-shini, R. E. Xudoyberdiyev nerv sistema-sining qon bilan ta’minlanishini, qon to-mirlar A.sini, M. N. Xolqoʻziyev vegeta-tiv nerv sistemasi A. sini, N. K. Ahmedov periferik nerv sistemasiga rentgen nurlarining ta’sirini oʻrgandilar. Olimlardan S. Sh. Shahrbiddinov, A. T. Okdlov, F. N. Bahodirov, N. A. Ibodov, I. K. Qosimxoʻjayevlar ham A. rivojla-nishiga munosib hissa qoʻshdilar. Hozir A.ning dolzarb masalalari – jigar, to-mirlarning normal va regeneratsiya sha-roitidagi oʻzgarishlari hamda nervlarning tiklanishi va periferik qon ay-lanishi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.[1]

Odam AnatomiyasiTahrirlash

Boshqa boʻlimlar ichida, odam anatomiyasi eng kerakli anatomiya boʻlimi hisoblanadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi sogʻlom insonning badan qismlarini shaklini, badanda joylashishini, katta-kichikligini va boshqa qismlar bilan aloqadorligini oʻrganuvchi boʻlimdir. Topografik anatomiyada bir qancha jasadlarni kesib, uni yaxshilab oʻrganiladi. Morfologik nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi eng qiziqarli boʻlim hisoblanadi. Har bir qism nega shunday shakl, shunday joylashishda ekanligini savol qiladi. Bu qiziqish biologiya fanida qoʻshimcha boʻlimlar – embriologiya yoki rivojlanish biologiyasini va gistologiyani yaratdi.

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil