Anderlext (niderlandcha: Royal Sporting Club Anderlecht — Qirollik sport klubi Anderlext"; niderland talaffuzida: [ˈɑnderlɛxt], fransuzcha: [ɑ̃dəʁlɛkt], nemischa: [ˈandɐlɛçt]) — Belgiyaning Anderlext professional futbol klubi 1908-yil 27-mayda tashkil topgan. Bu Belgiyaning eng klubi hisoblanib, 33 karra Belgiya chempioni, 9 karra mamlakat kubogi gʻolibi, 13 karra Belgiya superkubogi gʻolibi va 5 karra Yevropa kubogi sohibi. U uy uchrashuvlarini 22 000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladigan „Constant Vanden Stock“ stadionida oʻtkazadi. Klubning anʼanaviy ranglari binafsha va oq hisoblanadi.

Tarixi tahrir

Klub 1908-yil 27-mayda „Anderlext“ kommunasi hududida joylashgan „Konkordiya“ kafesida tashkil etilgan. Yangi jamoa 1909/10-yilgi mavsumda Belgiya futbol ligasining eng quyi darajasidan, uchinchi viloyat divizionidan boshlab rasmiy turnirlarda qatnasha boshlagan. 1913-yilda jamoa mamlakat chempionatining ikkinchi divizioniga kirdi va u yerda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Urushdan oldin, 1917-yilda klub uchun „Constant Vanden Stock“ arenasi qurilgan boʻlib, u yerda jamoa hozirgacha oʻynamoqda. Birinchi jahon urushi paytida jamoaning kuchli homiysi — sanoatchi „Emil Verse“ boʻlgan. U oʻziga yoqqan jamoa uchun binafsha va oq rangli liboslarni tanladi. 1921-yilda „Anderlext“ birinchi marta Belgiya chempionatining yuqori divizioniga chiqdi va 12-oʻrinni egalladi, ammo keyingi oʻn yil ichida klub turnir jadvalida oxirgi oʻrinda edi. Ammo shunga qaramay jamoa divizionlar oʻrtasida muvozanatni saqlab qoldi[1].

1947-yilda „ Anderlext“ birinchi marta liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Oʻshandan beri „Violet“ nihoyat Belgiyaning yetakchi futbol jamoalaridan biriga aylandi va havas qilsa arziydigan natijalar bilan turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi. 1963—1968-yillar oraligʻida klub ketma-ket besh marta milliy chempionat oltin medalini qoʻlga kiritib, milliy rekord oʻrnatdi. Klub mamlakat terma jamoasi uchun tayanch punktiga aylandi.

Yevropa arenasida ham klub katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 1982/83-yilgi mavsumda „Anderlext„ UEFA kubogini qoʻlga kiritdi va 1984-yilda ham ushbu turnirning finaliga chiqdi[2]. Shuningdek, „Anderlext“ ikki marta UEFA Superkubogini (1976 va 1978-yillarda) va Kubok egalari kubogini (1975/76 va 1977/78-yilgi mavsumlarda) qoʻlga kiritgan[3].

Derbilari tahrir

„Anderlext“da uchta asosiy derbi bor, bular „Standart“ klubi bilan oʻyinlar (Belgiya klasikosi). „Brugge“ bilan ikkinchi derbi. „Union“ga qarshi uchinchi derbi (Bryussel derbisi).

Hozirgi tarkibi tahrir

2022-yil 22-iyul holatiga koʻra. Manba: transfermarkt.com saytidagi oʻyinchilar roʻyxati

Ism sharifi Davlati Oldingi jamoasi
1 Timon Vellenroyter   Villem II
30 Xendrik van Krombryugge Belgiya Eypen
70 Rik Verkauteren Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
4 Ues Xudt Niderlandiya   Sautgempton
14 Bogdan Mixaylichenko     Zarya
42 Xannes Delkrua Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
54 Killian Sardella Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
55 Marko Kana Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
62 Maykl Murilo   New York Red Bulls
8 Isxak Abdulrazak     Norrchyoping
11 Lior Refaelov Isroil Antverpen
17 Serxio Gomes   Borussiya (Dortmund)
18 Madjid Ashimeru     Red Bull (Zalsburg)
20 Kristoffer Olsson     Krasnodar
25 Adrian Trebel Fransiya Standard
32 Nilson Angulo     ЛДУ Кито
46 Anuar Ait-El-Xadj Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
51 Yari Versxaren Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
61 Kristian Arnstad     Stabek
7 Fransis Amuzu Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
9 Benito Raman Belgiya   Shalke 04
53 Antuan Kolassen Belgiya Klub tarbiyalanuvchisi
Fabiu Silva     Vulverxempton Wonderers
Murabbiy Frank Verkauteren Belgiya Al-Batin
  1. „https://web.archive.org/web/20100902151348/http://www.rsca.be/go/fr/page/clubhistory“.
  2. „http://www.xs4all.nl/~kassiesa/bert/uefa/data/method1/trank1986.html“.
  3. „http://news.bbc.co.uk/1/hi/sport/football/42383.stm“.