Andezin (inglizcha: andesine, nemischa: Andesin ) — plagioklaz guruhiga mansub mineral[1].

Asosiy
Formulasi (Ca,Na)(Al,Si)4O8
Guruh Plagioklazlar
Fizik xususiyatlari
Rangi Oq, kulrang, yashil, sariq
Qirra rangi Oq
Qattiqlik 6-6,5
Sinishi nα = 1.543 – 1.554 nβ = 1.547 – 1.559 nγ = 1.552 – 1.562
Zichligi 2,7 g/sm³
singoniyasi Uchcurchakli
Andezin Vikiomborda

Mineral 1841-yilda Kolumbiyaning Choko departamentidagi konda topilgan. Tosh nomi Janubiy Amerikadagi And togʻlaridan kelib chiqqan, bu togʻlardagi andezit lavalarining koʻplab topiladi.

Xususiyatlari

tahrir

NaAlSi3 O8 (albit) — CaAl2 Si2 O8 (anortit) izomorf seriyasining aʼzosi, anortit molekulasining 30-50% ni oʻz ichiga oladi.

Rangi oq, kulrang, yorqinligi shishasimon, sinishi notekis. Andezin asosan granular agregatlar shaklida boʻladi va juda kamdan-kam hollarda ustunli kristallar hosil qiladi.

Qiyinchilik bilan eriydi. Kislotalarda erishi qiyin[2].

Kelib chiqishi

tahrir

Andezin koʻplab intruziv va effuziv jinslarda jins hosil qiluvchi mineral. Koʻpincha kvarts, kaliyli dala shpati, biotit, hornblend va magnetit bilan birgalikda uchraydi.

 

Topilgan joyi

tahrir

And togʻlaridan tashqari, u koʻpincha Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Finlandiya, Chexiya, Rossiya, AQSh, Grenlandiya, Janubiy Afrika va Krivoy Rog temir rudasi havzalarida uchraydi.

Ishlatilishi

tahrir

Kislotalarga chidamli keramika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Gematit parchalari qoʻshilganligi sababli miltillovchi, namunalar (baʼzan oltin tusli — „quyosh toshi“) yarim qimmatbaho toshlar sifatida ishlatiladi. Togʻ jinslarining metamorfizm sharoitlari va darajasini aniqlashda ilmiy tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Manbalar

tahrir
  1. Klein, Cornelis, and Cornelius S. Hurlbut, Jr., Manual of Mineralogy, Wiley, 20th ed. 1985, p. 455 ISBN 0-471-80580-7
  2. Tables of Gemstone Identification By Roger Dedeyne, Ivo Quintens p.118