Andrey Andreyevich Mostovoy (ruscha: Андрей Андреевич Мостовой ; 1997-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — Rossiyalik professional futbolchi, Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida oʻynaydi. U asosan chap qanotda vinger vazifasini bajarishiga qaramay, oʻng qanotda ham bemalol oʻynay oladi.

Andrey Mostovoy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrei Andreyevich Mostovoy
Tavallud sanasi 5-noyabr 1997-yil (1997-11-05) (26 yosh)
Tavallud joyi Omsk, Rossiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zenit Saint Petersburg
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002-2011 CSKA Moscow
2012-2015 Lokomotiv Moscow

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Mostovoy Rossiya Professional Futbol Ligasida 2016-yilning 10-aprelida FSK Dolgoprudniy jamoasida „Znamya Truda Orexovo-Zuyevo“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan va jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan debyutida o'zining va jamoasining ilk golini kiritgan[1].

2019-yilning 19-iyulida u Sochi PFKga 2019-20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshilgan va Sochiliklar tarkibida o'ynay boshlagan[2].

Ijaradan qaytgach, 2020-yil 7-avgust kuni u Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasi tarkibida „ Zenit“ gʻalaba qozongan Rossiya Superkubogi-2020 oʻyinida zahira oʻyinchisi sifatida debyut qilgan[3].

2021-yilning 5-mayida u „Zenit“ bilan shartnomasini 2023-24-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[4].

Xalqaro karyera tahrir

Mostovoy ilk bor Rossiya terma jamoasiga 2020-yil sentabr oyida UEFA Millatlar Ligasining Serbiya va Vengriyaga qarshi oʻyinlariga chaqirilgan[5]. U 2020-yilning 8-oktabrida Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[6].

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan[7]. 2021-yil 11-iyun kuni u COVID-19 testi ijobiy chiqqanidan soʻng tarkibdan chetlashtirilgan va uning oʻrniga Roman Yevgenyev tayinlangan[8].

U ilk xalqaro golini 2021-yilning 11-noyabrida Jahon chempionati saralashida Kipr terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[9].

Karyera statistikasi tahrir

 
 

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dolgoprudniy 2015-16 PFL 10 2 - - - 10 2
Ximki 2016-17 FNL 29 1 2 0 - - 31 1
2017-18 34 3 1 0 - - 35 3
2018-19 20 0 2 0 - 2 0 24 0
Jami 83 4 5 0 0 0 2 0 90 4
Zenit-2 Sankt-Peterburg 2018-19 FNL 13 5 - - - 13 5
Sochi 2019-20 Rossiya Premer-ligasi 25 6 1 0 - - 26 6
Zenit Sankt-Peterburg 2020-21 26 6 1 0 5 0 1 0 33 6
2021-22 28 5 2 2 7 0 1 0 38 7
Jami 54 11 3 2 12 0 2 0 71 13
Karyera jami 185 28 9 2 12 0 4 0 210 30

Xalqaro tahrir

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 11.11.2021 Krestovskiy stadioni, Sankt-Peterburg, Rossiya   Kipr Respublikasi 3 — 0 6-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Zenit Sankt-Peterburg

Manbalar tahrir

  1. „Game Report by PFL“. Russian Professional Football League (10-aprel 2016-yil).
  2. „Андрей Мостовой стал игроком футбольного клуба "Сочи"“ (Russian). PFC Sochi (19-iyul 2019-yil). 2020-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  3. „"Зенит" обыграл "Локомотив" и стал пятикратным победителем Олимп-Суперкубка России“ (Russian). Russian Premier League (7-avgust 2020-yil).
  4. „"Зенит" продлил контракт с Андреем Мостовым“ (ru). FC Zenit Saint Petersburg (5-may 2021-yil).
  5. „Cостав на Сербию и Венгрию“ (Russian). Russian Football Union (25-avgust 2020-yil).
  6. „Russia v Sweden game report“ (Russian). Russian Football Union (8-oktabr 2020-yil).
  7. „Состав сборной России на ЕВРО-2020“ (ru). Russian Football Union (2-iyun 2021-yil).
  8. „Евгеньев вместо Мостового“ (ru). Russian Football Union (11-iyun 2021-yil).
  9. „Russia v Cyprus game report“ (ru). Russian Football Union (11-noyabr 2021-yil).
  10. „Sensational Zenit storm to the title with utterly dominant thrashing“. Russian Premier League (2-may 2021-yil).
  11. „«Зенит» – восьмикратный чемпион Тинькофф РПЛ!“ (ru). Russian Premier League (30-aprel 2022-yil).
  12. „"Зенит" обыграл "Локомотив" и стал пятикратным победителем Олимп-Суперкубка России“ (Russian). Russian Premier League (7-avgust 2020-yil).
  13. „Zenit canter to second consecutive Super Cup win over error-strewn Lokomotiv“. Russian Premier League (17-iyul 2021-yil).
  14. „«Зенит» обыграл «Спартак» в Петербурге и завоевал третий OLIMPBET Суперкубок подряд“ (ru). Russian Premier League (9-iyul 2022-yil).