Andriy Melnik
Andriy Yaroslavovich Melnik (ukraincha: Андрій Ярославович Мельник; 1975-yil 7-sentyabr, Lvov, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik diplomat. 2023-yil 20-iyundan Ukrainaning Braziliyadagi favqulodda va muxtor elchisi. Ukrainaning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi (2014—2022), Ukraina tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (2022—2023) boʻlib ishlagan. Yuridik fanlar nomzodi.
Andriy Yaroslavovich Melnik | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
ukraincha: Андрій Ярославович Мельник 7-sentyabr 1975-yil Lvov, Ukraina SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Ukraina |
Taʼlim | Lvov universiteti |
Kasbi | huquqshunos |
Faoliyati | Ukraina tashqi ishlar vazirligi diplomati |
Ilmiy unvoni | yuridik fanlari nomzodi |
Biografiyasi
tahrirAndriy Melnik 1997-yilda Ivan Franko nomidagi Lvov davlat universitetini tamomlagan, xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis va nemis tili tarjimoni. Keyinchalik Melnik Shvetsiyada Lund universitetining huquq fakultetida tahsil oladi va bu yerda xalqaro huquq magistri darajasini olgan. Garvard universitetida malaka oshirgan. Ingliz va nemis, ispan (oʻrta darajada), ukrain (ona tili) tillarini yaxshi biladi[1].
1997-yildan diplomatik xizmatda, Ukraina Prezidenti maʼmuriyatining tashqi siyosat boʻlimida katta maslahatchi [1], 1999-yil avgustidan 2003-yil dekabrigacha Ukrainaning Avstriyadagi elchixonasining ikkinchi, birinchi kotibi[1], 2004-yil yanvaridan 2005-yil martigacha Ukraina Prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat bosh boshqarmasining bosh maslahatchisi[1], 2005-yil aprelidan 2007-yil martigacha Ukraina Prezidenti kotibiyati tashqi siyosat bosh boshqarmasi departament direktori oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi[1], 2007-yil apreldan 2010-yil iyulgacha Ukrainaning Gamburgdagi bosh konsuli[1], 2010-yil avgustidan 2014-yil martigacha Ukraina Tashqi ishlar vazirligining uchinchi hududiy departamenti direktori[1], 2014-yil martidan 2015-yil yanvarigacha Ukraina Vazirlar Mahkamasi vazirining oʻrinbosari[1] boʻlib ishlagan. 2020-yil 21-avgustda Melnik II darajali „Xizmatlari uchun“ ordeni[2], 2021-yil 22-dekabrda 1-darajali „Xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan[3]. 2014-yil 19-dekabrdan 2022-yil 9-iyulgacha Ukrainaning Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[4][5], 2022-yil 18-noyabrdan 2023-yil 11-iyulgacha Ukraina tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari[6][7] boʻlib ishlagan. 2023-yil 20-iyundan Ukrainaning Braziliya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
Ishdan boʻshatilishi
tahrir2022-yil may oyida Melnik Germaniya kanslerining Kiyevga tashrif buyurishdan bosh tortgani sababli Olaf Scholzni „jigardan qilingan kolbasaga“ qiyoslaydi va bu esa jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻladi. Janjal boshlanganidan bir oy oʻtgach, Melnik Scholzga aytgan soʻzlaridan afsusda ekanligini aytadi, oʻz sharhini „diplomatik jihatdan nooʻrin“ deb taʼriflaydi va Scholzdan shaxsan kechirim soʻrashga vaʼda beradi[8].
2022-yil iyun oyida dunyoning bir qator mamlakatlarida Melnik ukrain millatchilari yetakchisi Stepan Banderani himoya qilgani uchun qattiq tanqidga uchraydi. Germaniyaning „Bild“ gazetasi Germaniya, Isroil va boshqa bir qator mamlakatlarda Banderaning Ikkinchi jahon urushidagi roli, uning qoʻshinining Germaniya natsional-sotsialistlari bilan hamkorligi va yahudiylarni ommaviy qotillikdagi ishtiroki tufayli juda tanqidiy qabul qilishini taʼkidlashgan[9].
Bir hafta oʻtgach, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Melnikni boshqa toʻrt elchi bilan bir vaqtda Germaniya elchisi lavozimidan ozod qiladi va buni odatiy elchilar rotatsiyasining bir qismi deb ataydi[10]. Corriere della Sera nashriga koʻra, Ukrainaning Berlindagi elchisining „ancha keskin“ isteʼfoga chiqishiga Germaniyaning Kiyevga 9 milliard dollarlik yordam paketini toʻsib qoʻygani sabab boʻlgan[11].
Oilasi
tahrirOilali, oʻgʻli va qizi bor[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Мельник Андрій Ярославович“. brazil.mfa.gov.ua. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
- ↑ „Указ Президента України № 335/2020 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня незалежності України»“. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
- ↑ „Указ Президента України № 669/2021 від 22 грудня 2021 року «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня працівників дипломатичної служби»“. 2021-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-dekabr.
- ↑ „Указ Президента України № 944/2014 «Про призначення А.Мельника Надзвичайним і Повноважним Послом України у Федеративній Республіці Німеччина»“. Офіційний сайт Президента України. 2021-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
- ↑ „Указ Президента України №479/2022 «Про звільнення А.Мельника з посади Надзвичайного і Повноважного Посла України у Федеративній Республіці Німеччина»“. Офіційний сайт Президента України. 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.
- ↑ „«Про призначення Мельника А. Я. заступником Міністра закордонних справ України»“ (en). www.kmu.gov.ua. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
- ↑ „Про звільнення Мельника А. Я. з посади заступника Міністра закордонних справ України“ (en). www.kmu.gov.ua. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
- ↑ „Melnyk will sich bei Scholz entschuldigen“. ZDFheute (2022-yil 22-iyun). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
- ↑ „Melnyk verlässt wohl Deutschland“. Bild (2022-yil 4-iyul). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ „Ukraine dismisses its ambassador to Germany after controversial remarks“. New York Times. 2022-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
- ↑ Federico Fubini. „La Germania blocca gli aiuti dell’Ue all’Ucraina: tensione su gas e sanzioni“ (it-IT). Corriere della Sera (2022-yil 7-oktyabr). 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.