Anxel Fabian Di Maria Ernandez (ispancha: Ángel Fabián Di María Hernández; 14-fevral 1988, Rosario) — argentinalik futbolchi, qanot yarimhimoyachisi. Rosario Sentral jamoasi tarbiyalanuvchisi. Real Madrid va Argentina terma jamoasi oʻyinchisi.

Anxel Di Maria
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ángel Fabián Di María Hernández
Tavallud sanasi 14-fevral 1988-yil (1988-02-14) (36 yosh)
Tavallud joyi Rosario, Argentina bayrogʻi Argentina
Boʻyi 180 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angel Di Maria Real Madrid
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2005 Rosario Central
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2007
2007—2010
2010 — hz.
Rosario Central
Benfika
Real Madrid
(35 (6)
82 (12)
58 (11))
Milliy terma jamoa
2005
2008
2008 — hz.
Argentina U-20
Argentina (olimp.)
Argentina
(13 (3)
5 (2)
27 (5))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti

tahrir

Anxel Di Maria futbolga kirib kelishiga vrachning maslahati sabab boʻlgan. U juda harakatchan bola boʻlgan va sira tinchimaydigan kuchini qayergadur ishlatish uchun sportga muhtoj edi[1]. U oʻzining faoliyatini 7 yoshida oʻzining tugʻilib oʻsgan shahridagi „Atletiko El Torito“ jamoasida boshladi va 13 yoshida „Rosario Sentral“ga oʻtdi. Aynan shu jamoada u birinchi boʻlib oʻzini koʻrsata oldi. Di Maria 17 yoshida oʻz jamoasining asosiy tarkibida „Independiente“ jamoasi bilan kechgan Aperturaning soʻnggi tur oʻyinida debyutini nishonladi. Ikki yil oʻtib, unga nisbatan yevropa jamoalari qiziqishni boshladi. Ular orasida Rossiyaning „Rubin“ jamoasi ham bor edi va Di Maria bu jamoa bilan deyarli kelishuvga erishgan edi, ammo soʻnggi damda fikrini oʻzgartirdi[2].

2007-yilda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan soʻng (musobaqada davomida 3 ta gol urgan), Di Mariani Portugaliyaning grand jamoasi „Benfika“ 6 mln. yevro evaziga sotib oldi[3]. „Benfika“ prezidenti Luish Felipe Vieyra oʻz nutqida Simau Sabrozega yaqin 5 yil ichidagi eng yaxshi oʻrinbosarni sotib olinganini taʼkidladi.

2008-yili Di Maria Olimpiada chempioni boʻldi. U Niderlandlar bilan oʻtkazilgan chorak final oʻyinning 105-daqiqasida Lionel Messi tomonidan uzatilgan toʻpni darvoza kiritib, Argentinaga gʻalabani taʼminlay oldi. Ammo Di Marianing hayotidagi asosiy lahzalardan biri Nigeriya bilan oʻtkazilgan final oʻyinining 58-daqiqasida roʻy berdi. Ushbu oʻyinda u yagona gol muallifi boʻldi va Argentina oʻz tarixida ikkinchi marta futbol boʻyicha Olimpiada musobaqasida chempionlik nomiga sazovor boʻldi.[4].

„Benfika“da futbolchilik faoliyati omadli keldi: uni muxlislar oz vaqt ichida yaxshi koʻrib qolishdi. Ikki yillik chempion nomiga ega boʻlolmayotgan jamoa (bu vaqt mobaynida faqatgina liga kubogini qoʻlga kiritgan) milliy chempionatda yana oʻzini koʻrsata oldi. Jamoa nafaqat Liga kubogi gʻolibi nomini saqlay oldi, balki Portugaliyada eng yaxshi jamoa ham boʻla oldi. Anxelning oʻyini esa yevropaning koʻpgina grand jamoalarining eʼtiborini qaratdi va JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatidan soʻng, uni Ispaniyaning Real Madrid jamoasi oʻz safiga qoʻshib olishga erishdi.
2009-yilning dekabrida Manchester Yunayted Di Maria uchun 10 mln. yevro berishini maʼlum qildi, lekin Benfika rad javobini berdi[5].

 
Di Maria „Real Madrid“ tarkibida.

„Qirollik klubi“ transferni rasman 2010-yilning 28-iyunida rasmiylashtirdi. Kelishuv 6 yilga moʻljallandi. Transfer summasi 25 mln. yevroni tashkil etdi,[6] qoʻshimcha yana 5 mln. jamoaning tarkib roʻyxatiga kiritilgandan soʻng berildi[7].
Di Maria jamoaga qoʻshilgandan soʻng, press-konferensiyada: " Men „Real“ oʻyinchisi boʻlganimdan bagʻoyat xursandman. Azaldan kuchli Yevropa chempionatida toʻp surishni orzu qilar edim. Bu voqea menga Argentina terma jamoasi oʻyinlarida yana ham kuch beradi va nasib boʻlsa, Madridga Jahon chempioni boʻlib boraman.[8].

29-avgustda u jamoa tarkibida Ispaniya chempionatining birinchi turida „Malorka“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinida debyut qildi[9]. 18-sentabrda Di Maria „Real“dagi birinchi golini kiritdi va „Real Sosedad“ ustidan qozonilgan gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi[10]. Oʻn kun oʻtib, u Chempionlar ligasidagi birinchi golini „Oser“ jamoasi darvozasiga kiritib, jamoaga gʻalaba keltirdi[11].
2011-yilning 20-aprelida Ispaniya kubogining finalida Barselonaga qarshi kechgan oʻyinning 120-daqiqasida u ikkinchi sariqni olib, oʻyindan chetlatildi. Oʻsha oʻyinda „Real“ 1:0 hisobida aynan Di Maria chiroyli toʻp uzatishi natijasida Krishtianu Ronaldu urgan goli evaziga gʻalaba qozonib, 18 yil davomida erisha olmay kelayotgan Ispaniya kubogi sohibi nomiga sazovor boʻldi.
2011-yilning 1-mayida oʻzining „Real“dagi 50-nchi oʻyinini oʻtkazdi[9]. Mavsum tugaganidan soʻng, futbolchi oʻz kontraktining shartlari yaxshilanishini xohlashini aytdi[12].

2011-yil 7-noyabrida belidan jarohat oldi va bir oyga safdan chiqdi[13][14].

dekabrda Anxel „Real“ rahbarlariga oʻz ish haqini yiliga 1,8 mln.dan 3,5 mln. yevroga koʻtarishni soʻrab, murojaat qildi.[15].
2012-yil 12-avgustda shartnomasi 2018-yilgacha uzaytirildi[16].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

2007 yilda Di Maria 20 yoshgacha Argentina terma jamoasi safiga chaqirildi. U termaga Paragvayda oʻtkazilgan Janubi Amerika yoshlar chempionati musobaqasiga chaqirildi. U musobaqada 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va keyin Kanadada oʻtkazilgan 20 yoshgacha Jahon chempionati turniriga ham chaqirildi. Bu turnirda u 3 ta gol urdi, Argentina esa musobaqada gʻolib boʻldi.

2008-yil 28-yanvarda Di Maria va 20 yoshgacha terma jamoa safidagi baʼzi jamoadoshlari bilan Pekinda oʻtkazilgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari musobaqasiga chaqirildi. Niderlandlarga qarshi oʻtkazilgan chorak final uchrashuvida u gʻalaba toʻpini kiritdi va Argentina 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Finalda esa Nigeriyaga qarshi kechgan uchrashuvda Di Marianing goli evaziga Argentina 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqa chempioni nomiga sazovor boʻldi. Di Maria 2010-yilgi Jahon chempionatida Argentina sharafini himoya qiluvchi 23 oʻyinchidan biri boʻldi. 2010-yil 11-avgustda u Dublinda oʻtkazilgan Irlandiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda u birinchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi. Oʻsha uchrashuvda Argentina 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.[17]

Erishgan natijalari

tahrir

  "Benfika"

  • Portugaliya ligasi kubogi sohibi: 2009, 2010
  • Portugaliya chempioni: 2009/10

  "Real Madrid"

  Argentina terma jamoasi

  • Olimpiada chempioni: 2008
  • Yoshlar oʻrtasida Jahon chempioni: 2007

Statistika

tahrir

Jamoalarda

tahrir

2012-yil 13-may holatiga

Jamoa Mavsum Chempionat Kubok Liga kubogi Yevrokubok Jami
G TU G TU G TU G TU G TU
 Rosario Sentral 2005/06 1 0 0 0 0 0 4 0 0 5 0 0
2006/07 16 1 0 0 0 0 0 0 0 16 1 0
2007/08 18 5 0 0 0 0 0 0 0 18 5 0
Jami 35 6 0 0 0 0 4 0 0 39 6 0
 Benfika 2007/08 26 0 3 5 0 0 3 0 0 10 1 1 44 1 4
2008/09 24 2 2 0 0 0 5 1 1 5 1 0 34 4 3
2009/10 26 5 12 1 0 0 4 1 1 14 4 6 45 10 19
Jami 76 7 17 6 0 0 12 2 2 29 6 7 123 15 26
 Real Madrid 2010/11 35 6 11 8 0 6 10 3 3 53 9 20
2011-12 23 5 15 2 0 0 4 1 0 20 5 13
Vsego 49 10 24 10 0 6 17 5 4 85 16 34
Jami faoliyatida 169 24 41 16 0 6 12 2 2 50 11 11 247 37 60

Milliy terma jamoada

tahrir
Milliy t.j. Klub Mavsum Oʻ. G.
Argentina Benfika 2008/09 3 0
2009/10 10 1
Real Madrid 2010/11 10 3
2011/12 6 2
Jami 29 6

Izohlar

tahrir
  1. 22. DI MARÍA
  2. Press-konferensiya ot 24-yanvarya 2007 goda s Kurbanom Berdievim, 2007-10-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
  3. „MYu“ predlojit za di Mariyu £ 8 mln i Andersona, 2010-05-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
  4. Angel delivers Argentina gold, 2011-12-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
  5. „Benfika“ ne prodala di Mariyu „MYu“
  6. Di Mariya podpisal shestiletniy kontrakt s „Realom“
  7. A Bola: za transfer di Marii „Real“ zaplatit „Benfike“ € 30 mln
  8. Di Mariya: day bog, chtobi ya priexal v Madrid chempionom mira, 2010-07-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
  9. 9,0 9,1 Di Mariya provyol 50-y match v sostave „Reala“
  10. Di Mariya: zabil krasiviy gol nerabochey nogoy, 2010-09-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04
  11. „Oser“ — „Real“ — 0:1, 2017-08-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-04 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 7 (yordam)
  12. Serxio Ramos: pust di Mariya dumaet ne o dengax, a o futbole
  13. Di Mariya propustit primerno chetire nedeli
  14. Mourinyu: di Mariya v techenie nekotorogo vremeni ne smojet pomoch „Realu“
  15. Di Mariya xochet povisheniya zarabotnoy plati v „Reale“
  16. [1]
  17. Irlandiya — Argentina — 0:1

Havolalar

tahrir

Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:CountryData/cacheB' not found.