Angliya banki
Angliya banki (Bank of England) -Buyuk Britaniyaning davlat markaziy emissiya banki. 1694-yilda xususiy aksi-yadorlik banki tarzida tashkil topgan. Dastlab eng yirik bankirlar uylari ka-pitalini markazlashtirdi, keyinchalik mamlakatning asosiy moliyaviy markaziga, davlatdagi banklarning bankiga aylandi. Birinchi jahon urushi (1914 — 18)ga qadar Angliya banki banknotlarini oltinga al-mashtirish mumkin edi. 1946-yilda leyboristlar hukumati Angliya bankini natsionalizatsiya qildi, aksiya egalariga yiliga 12% daro-mad keltiradigan hukumat qimmatbaho qogʻozlari bilan tovon toʻlandi (dividendlar bergan daromad darajasida).Angliya banki parlament belgilaydigan doirada pul emissiyasi bilan shugʻullanadi, hukumatni moliyalaydi, davlat byudje-tining kassa ijrosini amalga oshi-radi, mamlakatdagi va muxbir aʼzolik aloqalari boʻlgan koʻpgina xorijiy ban-klarning zaxiralarini asraydi, mam-lakat banklari uchun hisob-kitob mar-kazi; valyuta nazoratini olib boradi, banklarning kredit faoliyatini nazorat qiladi, foiz stavkalarini oʻzgartirish 479orqali pul bozorini tartibga soladi. Angliya banki boshqaruvchisi va direktorini hukumat tayinlaydi. 8 boʻlimi bor.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |